Patson Daka endigina 23 yoshga to‘lgan. Biroq shunga qaramay uning allaqachon yetti marta xet-trik qilishga ulgurgani ko‘pchilikni hayratga soladi. «Lester»ning yangi yulduzi sekin-asta barchani hayratda qoldira boshlamoqda. Chorshanba kuni Patson o‘zining 2021 yildagi ikkinchi xet-trikini qayd etdi.
Har ikkala xet-trik ham rekordlar natijasi o‘laroq
Birinchisi aprel oyida sodir bo‘lgan bo‘lib, Daka Avstriya Bundesligasida «Shturm Grats»ga qarshi o‘yinda «Red Bull Zalsburg» tarkibida ajoyib harakatlari bilan yodda qoldi. O‘sha uchrashuvda zambiyalik o‘yinchi sakkiz daqiqa ichida uchta gol urib, o‘yinni hali boshlanishidan oldin hal qilib qo‘ygandi.
Bu Avstriya Bundesligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik bo‘lib, uchinchi gol uchrashuvning 11-daqiqasida kiritilgan.
Patsonning tezligi misli ko‘rilmagan yuqori darajada baholandi. Lekin boshqa tomondan, ushbu xet-trik Daka uchun barcha musobaqalar doirasidagi oltinchisi sifatida qayd etilgan.
Gol urishga bo‘lgan ishtiyoq unga 2020-21 yillarda Avstriya chempionatining eng yaxshi to‘purari va mavsum oldidan ikkinchi o‘rinni egallashiga yordam berdi.
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta u Yevropa Ligasida «Spartak»ka qarshi bahsda poker qayd etgan. Dakaga Zambiyani tark etgandan keyin yettinchi xet-trigini amalga oshirish uchun juda qisqa vaqt ham kifoya qildi. Patson to‘qqiz daqiqa ichida raqiblarini shokka tushirib qo‘ydi. Bu esa Yevropa Ligasi rekordidir.
Ushbu natijalar hujumchining kundan kunga o‘sayotganidan dalolat. Dakaning muvaffaqiyatlari shunchalik katta ediki, hatto Zambiya Prezidenti Twitterda unga Injil oyatlaridan duo izoh qilib qoldirdi.
16 yoshida xalqaro maydonlar yuzini ko‘rgach, shov-shuvlar orasida Daka haqiqiy milliy qahramonga aylandi.
Akalaridan o‘rnak olish
2021 yil yanvar oyida Daka BBCga Pyer-Emerik Obameyang, Muhammad Saloh va Sadio Mane kabi afrikalik afsonalarning muvaffaqiyatlariga intilishi haqida intervyu bergan.
«Katta akalarimiz qatorida o‘zimni ham ko‘rish men uchun sharaf», deydi u. «Men ular kabi bo‘lishim mumkin. Ular mening ilhomimga aylanishgan».
Darhaqiqat, Daka va Mane o‘rtasida bir nechta muhim o‘xshashliklar mavjud.
Birinchidan, ular bir biriga ancha yaqin yo‘llarni bosib o‘tishgan. Mane Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi safida 87 ta o‘yinda 45 ta gol urdi va 22 yoshida Premyer-ligaga yo‘l oldi.
Daka ham, shuningdek, «Zalsburg»da to‘rt yil davomida 125 o‘yin davomida 68 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi. U yozda «Lester» bilan shartnoma imzolaganda 22 yosh edi.
Qolaversa, ikkala futbolchi ham aql bovar qilmas tezkor xet-triklar qayd etishni yaxshi ko‘rishadi.
Xususan, Mane Premyer-liganing eng tezkor xet-triki borasida mutlaqo rekordni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2015 yil may oyida «Sautgempton» «Aston Villa»ni 6:1 hisobida mag‘lub etganida Sadio 39 yoshli Shey Givenni uch goli bilan jazolagan edi.
Albatta, Dakaning to‘qqiz daqiqalik natijasi Mane bilan solishtirganda nursizroq ko‘rinishi mumkin. Biroq bu yerda har ikkala futbolchining o‘zaro o‘xshashlik tomonlari ham mavjud. Ikkala o‘yinchi ham kuchli energiya va ishtiyoqqa ega.
«Dakaning fe’l-atvori va munosabatlari Manenikiga o‘xshaydi», - deydi iyul oyida «Red Bull Zalsburg»ning yoshlar jamoasi sobiq menejeri Gerxard Stryuber BBCga bergan intervyusida. «U xuddi Mane kabi kamtar va har doim jamoa uchun birdek ishlaydi», - deydi menejer.
Dakada Manening uch daqiqalik xet-trikini yangilash uchun hali ko‘p vaqt mavjud.