Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Rojers va Arteta «Lester» - «Arsenal» uchrashuvidan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Rojers va Arteta «Lester» - «Arsenal» uchrashuvidan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Baho:
+ | -

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers «Arsenal»ga qarshi o‘yindan (0:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

"O‘yinni sust boshlash bizga qimmatga tushdi. Bizga konsentrasiya yetishmadi va yaxshi jamoaga qarshi o‘yinni ortidan quvib bordik. Biz yaxshi startni amalga oshirmaganimizga ham o‘yiinga qaytishni uddalagandik, ammo «Arsenal»ga o‘xshagan klublarga o‘yin boshidan 2:0 hisobidagi ustunlikni berish kerak emas."

"O‘yin dinamikasini o‘zgartirish uchun o‘yinda burilishi qilishimiz lozim edi, lekin dastlabki 20 daqiqa uchun jazolandik. Harvi Barns va Ademola Lukmanning ikkalasi ham ajoyib. Ular maydonda yuqori bosim o‘tkazishdi. O‘yinni qisqartirganimizda, bizga ancha yaxshi bo‘lardi".

Rojers Remzdeyl darvozasiga yo‘l topishda ularga omad yetishmagani, jamoasi esa bir ochkoga haqli o‘yin ko‘rsatganini aytib o‘tdi. Ammo, endi «tulkilar» keyingi bahsga, Yevropa Ligasi doirasida "Spartak Moskva"ga qarshi o‘z maydonida o‘tadigan o‘yinga e’tibor qaratadi.

"Remzdeyl bir qancha super seyvlarni ijro etdi. Birinchi bo‘lim oxirida jarimadan zarbasidan keyin katat seyv va uning ikkinchi harakati juda yaxshi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda ham fantastik seyvlarni amalga oshirdi. O‘yin 2:0 hisobi bilan yakunlanganida, hech qanday e’tirozim bo‘lmasdi, ammo darvozabon darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Bu bizni ranjitdi.

24 soat davomida, doim mag‘lubiyatdan azob chekasiz, ammo yaxshiyamki payshanba kuni qaytamiz. Bu biz uchun musobaqadagi muhim o‘yin. G‘alaba qozonishni, Yevropa Ligasida oldinga intilishni istaymiz va bizni qo‘llab turgan bu yerdagi olomon bilan istagan natijamizni qo‘lga kiritishimizga umid qilamiz".

«Arsenal» ustozi Mikel Arteta «Lester»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Bu mening boshqaruvimdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri? Ba’zi jabhalarda bo‘lishi mumkin. Chunki, qarshi o‘ynagan raqibimiz va uning maydonida o‘ynash og‘ir. O‘ynagan yyo‘limizdan, o‘yin boshidan namoyish etgan xarakterimizdan, o‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsata olganimiz va ustunlik qilganimizdan juda mamnunman. Biz qiynalishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Ular o‘zgarishlar qilishdi va bizga bir qancha muammolar yaratishdi. Siz chuqurroq kirishingiz kerak va ushbu lahzalardan chiqib ketishda individual o‘yinlar ham bo‘ldi. Ammo, o‘yinni va vaziyatni o‘zgartira olishimiz va boshqaruvni qo‘lga olishimiz hamda uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Shunday ekan, juda ham mamnunman".

"Tomiyasu jamoamizda ekanidan xursandman. Birinchidan, inson sifatida unda katta xarakter bor. U barchasini to‘g‘ri bajaradi, top professional va o‘ylaymanki, u orqa chiziqda bizga xotirjamlik bermoqda. Uning himoyalanishi va undan nima istayotganimizni tushunib ishlashi yoqimli. U yuqori saviyali futbolchi hisoblanadi. Bu mamlakatda himoyachi bo‘lib moslashishi, uning qilayotgan ishlaridan kelib chiqib, u hurmatga loyiq deb o‘ylayman".

Manba: premierleague.com
Kiritildi: 07:43, 31.10.2021.
O'qildi: 2165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.