Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Sulsher: "Bizda turli xil uslublarda o‘ynay oladigan futbolchilar bor"

Sulsher: "Bizda turli xil uslublarda o‘ynay oladigan futbolchilar bor"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi savol, kim safar o‘yini uchun safdan chiqqan va van de Bek, Sancho kabi iste’dodli futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay, zaxirada vaqt o‘tkazishayotgan bo‘lishsa, ularni qanday qilib eng yaxshi formaga chiqara olasiz va jamoa o‘yini ritmiga moslay olasiz?

"Manchester Yunayted"da to‘liq formada bo‘lgan jamoaga ega bo‘lganingizda, o‘ynamagan holda ham yaxshi sifatli o‘yinchilar doim sizda bo‘ladi va keyinchalik ularning jamoaga moslashuvi sodir bo‘ladi. Zaxiradagi ba’zi futbolchilar o‘z pozisiyalari uchun munosib ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Imkorniyat berilganida, undan foydalanish, mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilishingiz kerak, bunda o‘yinchilarni ayblay olmayman. Munosabat, motivasiya, barchasi o‘zingizdan chiqadi. O‘ynamagan paytda ham «Yunayted» futbolchilari qiyin davrdan o‘tib olishlari kerak. Xarakter namoyish etiladi va o‘zimning jamoamdan mamnunman. Ertalabki mashg‘ulotlarda hamma qatnashdi. Mashg‘ulotlarda bir-ikkita kichik burilishlar bo‘ladi va bu asosiysi bo‘ladi deb o‘ylamayman".

Italiya jurnalistlaridan biri taktika haqida savol berdi...

"Albatta, sizga o‘yin uchun tuzilgan reja yoki taktikalarni bera olmayman, ammo bizda turli xil usullarda o‘ynay oladigan futbolchilar bor. Siz istalgan taktika va sxemaga qo‘ya olasiz. Biz bajarayotgan ish sifati biz o‘ynagan sistemadan ko‘ra muhimroq".

«Tottenxem»ga qarshi o‘yindagi natija sizga bosim o‘tkazardi va siz kutilgan natijaga erishdingiz. «Tottenxem»esa yo‘q va hozir Nunu ishdan olindi... Nunu Eshpiritu Santuga aytadigan gaplaringiz bor deb o‘ylayman...

"Bilasizmi, yaxshi inson ishdan olinganini ko‘rish hech qachon yoqimli bo‘lmaydi. U juda qattiq ishlayotgandi. U yerdagi holatdan xabarim yo‘q yoki «Tottenxem»da nima bo‘layotganini bilmayman. Shuning uchun, ko‘p fikr bildira olmayman. Hamkasb sifatida bu ish sodir bo‘lsa, hech qachon xursand bo‘lmaysiz. Siz ular bilan bog‘lanib, o‘z hissiyotlaringizni aytishga harakat qilasiz".

Italiyan tilida Krishtianu va Brunu o‘z salohiyatlarini ko‘rsatishlari borasida savol berildi...

"Qanday o‘yin bo‘lishidan qat’i nazar Krishtianu ham, Brunuda ham g‘oliblik ruhiyati shakllanganini ko‘rish mumkin. Ular professional atlet yoki o‘yinchi sifatida juda katta motivasiyaga ega. Shuning uchun ular top darajaga chiqishgan. Ular kimdirga nimadirni isbotlashlari shart emas".

Manba: manutd.com
Kiritildi: 14:29, 02.11.2021.
O'qildi: 2292 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.