Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

APL. Manchester derbisidan oldin siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

APL. Manchester derbisidan oldin siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 11-turi doirasida Manchesterning ikki jamoasi to‘qnash keladi.

Bilasizmi?

"Manchester Siti" "Old Traford"da MYU ustidan eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoalardan biri («Liverpul» ham). «Shaharliklar» mankunianliklar maydonidagi 7 APL bahsida g‘alaba qozonishga erishsihgan.

"Manchester Yunayted" Premyer-Liga doirasida 4 uchrashuvdan beri «Siti»ga mag‘lub bo‘lmayapti (3 g‘alaba, 1 durang). Ularning bunday uzun g‘alabali uchrashuvlari (6 o‘yin) 2008-2011 yillar davomida qayd etilgan.

Ole-Gunnar Sulsher barcha musobaqalarda "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola bilan 8 to‘qnashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan. Bu natija orqali Sulsher ispaniyalik mutaxassis bilan kamida 5 marotaba uchrashgan murabbiylar orasida eng ko‘p (50) foiz bo‘yicha Pepni yutgan murabbiy bo‘lib turibdi.

"Manchester Siti" joriy mavsum APLning 10 o‘yinining uchta bahsida gol ura olmadi va o‘tgan mavsumgi butun natijani takrorlashga ulgurdi. Shunga qaramay, «shaharliklar» 2016/17 yilgi mavsumdan beri (23 o‘yin) mahalliy vaqt bilan 12:30da boshlanadigan o‘yinlarda doim gol urib kelmoqda.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver

Qanot hakamlari: Styuart Byurt, Simon Bennet

Zaxira hakami: Robert Jons

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Dan Robattan

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Yunayted - De Xea, Van Bissaka, Bayi, Lindelyof, Maguayr, Shou, MakTomini, Fred, Fernandesh, Kavani, Ronaldu

Manchester Siti - Ederson, Kanselu, Stounz, Diash, Zinchenko, De Bryuyne, Rodri, Bernardu, Foden, Jezus, Grilish

Jamoalarning o‘rtacha bo‘yi bo‘yicha mankuniianliklar oldinda 185 sm atrofida (hamshahridan 5 sm baland). Jamoalarning o‘rtacha yoshi bo‘yicha ham «qizillar» ustunlikka erishmoqda - 28,2 («Siti» - 25,7).

Jamoa xabarlari

Rafael Varan Chempionlar Ligasi 3-turi doirasidagi «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda sonidan olgan jarohati bois 1 oyga safdan chiqqan edi. Viktor Lindelyof «Atalanta» bilan durang bo‘lgan bahsni jarohati sabab o‘tkazib yubordi, lekin Shvesiyaning kelayotgan o‘yinlari uchun tarkibga chaqirildi. Pol Pogba qizil kartochka olgani bois ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eymerik Lyaport "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda (0:2) chetlashtirilgan edi. Uning o‘rnini Jon Stouns egallashi mumkin. Rahim Sterling faoliyati davomida MYUga qarshi 23 o‘yinda qatnashgan bo‘lsa ham birorta gol ura olmagan va u o‘yinni zaxiradan boshlashi mumkin.

Ferran Torresning safdan chiqqani bois, De Bryuyne yoki Foden yolg‘on to‘qqizlik pozisiyasida o‘ynashi mumkin. «Yunayted»ning sobiq bosh maqsadi - Grilish Foden chap qanot vingeri sifatida o‘ynashi orqali asosiy tarkibdan tushib qolsa ajab emas.

Kayl Uoker Chempionlar Ligasining «Bryugge»ga qarshi o‘yinida biroz jarohatlangani bois, mankunianliklarga o‘ynashi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Raqamlar

"Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ga qarshi oxirgi 6 o‘yinda o‘rtacha 2,5tadan gol kiritilgan.

MYU «shaharliklar»ga qarshi oxirgi 6 bahsning beshtasida darvozasidan to‘p olib chiqmagan (barcha musobaqalarda).

"Manchester Siti" APLda oxirgi 19 safar o‘yinining 17tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

"Manchester Yunayted"ning APLdagi so‘nggi 3 o‘yinida o‘rtacha 2,5tadab ko‘p gol kiritilgan.

Tomonlar Premyer-Ligada o‘zaro 48 marta to‘qnash kelishgan. 24 marta mankunianliklar, 15 marotaba esa «shaharliklar» g‘alaba qozonishgan. 9 o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, MYU - "Manchester Siti" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 17:30 boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:15, 05.11.2021.
O'qildi: 9599 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.