Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

APL. Bugun «Chelsi» faqatgina 1 marta yutqazib qo‘ygan raqibiga qarshi o‘ynaydi

APL. Bugun «Chelsi» faqatgina 1 marta yutqazib qo‘ygan raqibiga qarshi o‘ynaydi

Baho:
+ | -


APL 11-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

Ushbu jamoalarning Premyer-Ligadagi barcha 14 o‘yinining birinchi bo‘limida kamida bittadan gol kiritilgan. Bu APL tarixida o‘yinning ilk 45 daqiqasi ichida kamida bitta gol urilgan bahslar ichida peshqadam bo‘lib turgan to‘qnashuv hisoblanadi.

Bu Tomas Tuxelning «Chelsi» boshqaruvidagi APLda 30-o‘yini bo‘ladi. Uning yanvardan, birinchi o‘yinidan beri jamoasi 18 bahsda gol o‘tkazib yubormadi. Bu natija bo‘yicha u istalgan jamooadan yaxshi natija qayd etdi. Faqatgina Joze Mourinyo o‘z davrida ilk 30 o‘yinda 22 “quruq o‘yin” o‘tkazishni uddalagan va Tuxeldan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan.

«Byornli» «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda 6 ochkodan beshtasini “Stemford Bridj”dagi bahslarda kiritgan (1 g‘alaba, 2 durang, 4 mag‘lubiyat). APLdagi London o‘kazilgan ilk 30 bellashuvdan (4 durang, 23 mag‘lubiyat) uchtasida g‘alaba qozongan «Byornli», poytaxtga oxirgi 8 tashrifidan beshtasida g‘alaba qozonishga erishgan.

«Byornli» a’zosi Maksvell Kornet oxirgi 5 APL uchrashuvida 4 gol urishga erishdi. Bu xavfli zonada turgan jamoa futbolchilari orasida ilk 5 Premyer-Liga bahsida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Demba Ba ham 2011 yilning fevral-mart oylarida “Vest  Xem” safida xuddi shunday natija qayd etgan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Andre Marriner
Qanot hakamlari: Simon Long, Skott Ledjer
Zaxira hakami: Maykl Selisburi
VAR: Mayk Din
VAR yordamchisi: Eddi Smart

Taxminiy tarkiblar

«Chelsi»: Mendi, Aspilikueta, Silva, Ryudiger, Chiluell, Jeyms, Jorjino, Loftus-CHik, Hadson-Odoi, Ziyesh, Xaverts

«Byornli»: Poup, Louton, Tarkovski, Mi, Teylor, Braunhill, Kork. Gudmundsson. MakNil, Vud, Kornet



Jamoa xabarlari

Kristian Pulishich avgustda olgan jarohatidan keyin ushbu hafta o‘rtasida o‘tkazilgan YECHL bahsida o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi. Ngolo Kante «Malmyo»ga qarshi o‘yinda tavakkal qilib tushirilgani yo‘q, ammo «Byornli» bilan bahsda uning ishtirokini Tuxel kutmoqda. Ruben Loftus-CHik Chempionlar Ligasidagi yorqin o‘yinidan keyin o‘z navbatini kutish bilan band. Meyson Maunt kasalligi bois ikki uchrashuvni o‘tkazib yubordi va vazn yo‘qotishi evaziga bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkin. Hakim Ziyesh «Chelsi»ning oxirgi o‘yinida g‘alaba golini kiritgani uchun ham boshlang‘ich tarkibda tushish ehtimoli yuqori. Lukaku, Verner, Kovachich hamda Alonso safdan chiqishgan. Tiago Silva ketma-ket ikkinchi o‘yinda o‘ynay omasa, unin o‘rniga Trevo Chaloba variant bo‘lib turibdi.    

Maksvel Kornet hozirda yaxshi formada bo‘lib turibdi va londonliklarga qarshi asosiy tarkibda tushish ehtimoli yuqori. Deyl Stefens hamda Ueyn Xennesi jarohati bois ishtirok eta olmasligi mumkin.


Raqamlar

«Chelsi» barcha musobaqlarda «Byornli»ga qarshi oxirgi 8 uchrashuvning barchasida kamida ikkitadan gol urgan.

«Chelsi» so‘nggi 7 bahsning oltitasida g‘alaba qozongan (Premyer-Liga).

«Chelsi» barcha musobaqalarda «Byornli»ga qarshi oxirgi 4 uchrashuvda faqat g‘alaba qozongan.

«Aristokratlar» bugungi raqibga qarshi oxirgi 3 uchrashuvda birorta gol o‘tkazib yuborishmagan (barcha musobaqalarda).

«Byornli» APL doirasidagi oxirgi 6 safar uchrashuvida g‘alaba qozonishni uddalay olmagan.

Tomonlar APLda o‘zaro 14 marta uchrashishgan. 10 marotaba londonliklar, 1 marotaba «Byornli» zafar quchgan. 3 bahsda during qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.  

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:19, 06.11.2021.
O'qildi: 3586 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.