Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga. "Paxtakor" chempionlikni yirik hisobdagi g‘alaba bilan nishonladi

Superliga. "Paxtakor" chempionlikni yirik hisobdagi g‘alaba bilan nishonladi

Baho:
+ | -

Superliga 24-turida "Paxtakor" "Surxon" darvozasiga javobsiz besh to‘p kiritib, chempionlikni ajoyib yutuq bilan tantana qildi.

O‘yin boshidanoq tashabbusga erishgan jamoamiz chempionlikni nishonlash maqsadida stadionga kelgan ishqibozlarni ajoyib hujumlar bilan quvontirdi. Turg‘unboyevning ikki zarbasi noaniq chiqqan bo‘lsa, Cheranning aniq urinishidan so‘ng himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. 36-daqiqada hisob ochildi. Abror Ismoilovni raqib futbolchisi jarima maydonida yiqitgani sababli penalti belgilandi va bundan Cheran unumli foydalandi. Bo‘lim oxirida Turg‘unboyev tepgan to‘pni raqib posboni qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda "Sherlar" birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. 62 va 68-daqiqalarda Temirov Cheranning uzatmalaridan keyin ikki bor termizliklar darvozasiga gol urishga erishdi. 78-daqiqada zaxiradan tushirilgan Azmiddinov boshi bilan to‘p kiritdi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa Cheran qo‘ydi. U bu safar Erkinovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan 11 metrlik zarbadan foydalanib, o‘zining mavsumdagi 16-golini urdi.

"Paxtakor" - "Surxon" - 5:0 (1:0,4:0)
6 noyabr. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 8379 tomoshabin.
Hakamlar: A.Risqullayev, A.Marajabov, Z.Abdurahmonov, A.Xudoyberganov.
Nazoratchi: M.Ismoilov.
Komissar: B.Aripov.

"Paxtakor": Suyunov, Alijonov (Azmiddinov, 55), A’zamov, Anzur Ismoilov, Sayfiyev, Hamrobekov, Abror Ismoilov (Sobirxo‘jayev, 55), Turg‘unboyev (Xolmatov, 72), Hamdamov (Erkinov, 72), Cheran (Iminov, 82), Temirov.

"Surxon": Nortojiyev, Sohibov, Salimov, Toshpo‘latov, Ahmadov (Yo‘ldoshev, 73), Bobojonov (Xolto‘rayev, 57), Pirimov (Choriyev, 73), Hasanov (Saidazimov, 69), G‘ofurov, Shaydulov, Pavlenko (Norov, 57).


Gollar: Cheran, 36-pen - 1:0. Temirov, 62 - 2:0. Temirov, 68 - 3:0. Azmiddinov, 78 - 4:0. Cheran, 82-pen - 5:0.


Ogohlantirishlar: Bobojonov, 26. Sohibov, 35. Abror Ismoilov, 39. A’zamov, 65. Yo‘ldoshev, 81.

Manba: Paxtakor Matbuot xizmati
Kiritildi: 21:34, 06.11.2021.
O'qildi: 2685 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик