Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Sherif» millionlarini ololmayapti...

«Sherif» millionlarini ololmayapti...

Baho:
+ | -

«Sherif» Chempionlar Ligasining joriy mavsumini «yondirdi». Moldova futboli tarixida ilk marta ushbu mamlakat klubi turnirning guruh bosqichiga chiqdi. Bu faqat boshlanishi edi! Birinchi turdayoq ukrainalik murabbiy Yuriy Vernidub boshchiligidagi jamoa o‘z uyida «Shaxtyor»ni yengdi (2:0). Ikkinchi turda esa butun dunyoni hayratlantirdi - Madridda «Real» taslim etildi (2:1)! To‘g‘ri, uchinchi turda Milanning «Inter»iga yutqazdi (1:3), lekin shunga qaramay, o‘z guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Ayni payt «Sherif» 22 mln. yevrodan ko‘proq pul ishladi. Mazkur summa klub byudjetidan to‘rt martaga, umuman, Transfermarkt talqiniga ko‘ra jamoa tarkibining narxidan ham ko‘proq.

Afsuski, hozircha «Sherif» bu pullarni qo‘lga kirita olmaydi. Sababi - Moldova banklarida xorijiy valyutada hisob ochish imkoniyati yo‘qligi. «Sherif» bazasi joylashgan Pridnestrovye siyosiy jihatdan murakkab hudud hisoblanib, u tan olinmagan suveren respublikadir. Hozircha faqat Janubiy Osetiya, Abxaziya va Tog‘li-Qorabog‘ singari o‘ziga o‘xshagan davlatlargina uni tan olishgan.

Shu bois, Moldova hukumati Pridnestrovyeda tijorat tarmoqlariga xorijiy valyutada xalqaro hisob ochishga ruxsat bermaydi. Pridnestrovya rahbari Vadim Krasnoselskiy Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilisa bilan telefon orqali suhbatda ushbu masalani hal qilib berishni so‘radi.

Butun dunyoda Moldova banklari ishtirokidagi moliyaviy mojarolar tufayli Pridnestrovyeda moliyaviy pul aylanmalari bo‘yicha jiddiy tartib o‘rnatilgan. Sabab - pul yuvish va terrorizmga homiylik qilishga qarshi kurash. Moldova ushbu hududda zarar chora-tadbirlarni ko‘rishga majbur edi, aks holda, xalqaro bank tizimidan chiqib ketish xavfi tug‘ilgandi.

Natijada, 2018 yildan Pridnestrovyeda mahalliy banklarga aloqador turli cheklovchi qonunlar kuchga kirdi. Moldovaning lisenziyaga ega banklari nazorat tizimini ishlab chiqib, u orqali mablag‘lar aylanmasi va mijozlar haqidagi ma’lumotlar shaffofligini ta’minlashdi. 10 yildirki Pridnestrovye banklarini milliy tizimga kiritish integrasiyasi tayyorlanmoqda, ammo tashabbus har gal to‘xtatib qo‘yilyapti, zero ushbu banklar xalqaro va milliy normalarga amal qilishga intilmayapti.

Yakunda - UYEFA pullarni mahalliy banklarga o‘tkazib berolmayapti. Demak - mablag‘ Pridnestrovyeda joylashgan «Sherif»­ga bormayapti. To‘g‘ri, yaqin vaqt­lar ichida futbol klubiga nisbatan istisnolarni qo‘llashlari, shu tariqa «Sherif» ishlagan pullarini olishi ehtimoli ham mavjud. Axir keyingi muvaffaqiyatlar natijasida jamoa CHL yoki YEL (agar guruhida uchinchi o‘rinni egallasa) «pley-off» bos­qichiga chiqsa, 22 mln. yevrodan ham ko‘proq ishlab olishi mumkin.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:39, 08.11.2021.
O'qildi: 10591 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.