Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ashurmatov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga kela olmaydigan bo‘ldi

Ashurmatov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga kela olmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilingan edi.

Rustam Ashurmatov viza bilan bog‘liq muammolar sabab bu galgi yig‘inda ishtirok etolmaydi. Uning o‘rniga «Paxtakor» klubi a’zosi Marlen Chobanov jalb etildi.

Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz bugun mazkur yig‘in doirasidagi ilk mashg‘ulotni o‘tkazishadi. Mashg‘ulotlar «Paxtakor» stadionida soat 17:15 da boshlanadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in davomida O‘zbekiston milliy jamoasi Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15 noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi «Boris Paichadze» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:56, 08.11.2021.
O'qildi: 3848 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик