Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ular to‘purar, ammo Chempionlar ligasi g‘olibi emas yoxud omadsiz yulduzlar

Ular to‘purar, ammo Chempionlar ligasi g‘olibi emas yoxud omadsiz yulduzlar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Chempionlar ligasining hozirgi paytdagi asosiy to‘purarlari - Ronaldu va Messi. Joriy mavsumgi YECHLning dastlabki 4 turida 8 ta gol urgan Robert Levandovski portugaliyalik va argentinalikni ta’qib etishda davom etmoqda. Ammo, hikoya bu haqda emas. Futbol tarixida shunday futbolchilar borki, Chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. Ko‘plab uchrashuvlarda gol uradi, biroq o‘zining medallar javoniga YECHL oltin medali, hamda «shalpangquloq» kubokni qo‘shib qo‘ya olmagan.

Bugun esa «Stadion.uz» nashri sizni Chempionlar ligasida ajoyib to‘purarlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, mazkur musobaqa g‘olibligini qo‘lga kirita olmagan to‘rt nafar futbolchini eslashga taklif qiladi.

4-o‘rin - Edinson Kavani


Urugvaylik futbolchi «Palermo»da nom qozondi, o‘shanda uning gollari bir necha yil davomida kamtarona Sisiliya klubini A Seriyada jon saqlab qolishiga yordam berdi. 2010 yilning yozida «Napoli» uni ijaraga oldi va shartnomaga keyinchalik sotib olish bandini ham qo‘shdi. O‘sha mavsumda Edinson o‘zining 26 goli bilan shunchaki A seriyani zabt etdi.


2011/12 yilgi mavsumda janubiy amerikalik futbolchi Chempionlar ligasida debyut qildi. Neapolliklar «Bavariya», «Manchester Siti» va «Vilyarreal» bilan «o‘lim guruhi»ga tushib qolishdi. Ammo, ajablanarlisi shundaki, ular ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Urugvaylik shaxsan o‘zi «shaharliklar»ni yevrokuboklardan chetda qoldirib, ikkita uchrashuvda ingliz klubi darvozasiga uchta gol urdi. Edison guruhdagi barcha uchrashuvlarda raqib darvozabonlarini 5 marta ranjitgan.

Italiya janubidagi bir necha muvaffaqiyatli yillardan so‘ng, futbolchining xizmatlariga top-klublar qiziqa boshladi. Urugvaylik 2013 yilda «Pari Sen-Jermen» futbolchichiga aylandi. Kavani Fransiya poytaxti jamoasi bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan bo‘lsada, klubning haqiqiy afsonasiga aylandi. Misol uchun, 2016/17 yilgi mavsumda fransuz gegemoni «Barselona»dan sharmandali tarzda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta tark etgan bo‘lsa-da, urugvaylik futbolchi 8 ta gol bilan turnirning uchinchi to‘purari bo‘ldi.

«Park de Prens»da yetti yil davomida Edinson 54 o‘yinda 30 ta gol urib, Chempionlar ligasida klubning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Umuman olganda, ushbu turnirda El Matador 68 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urgan.


Afsuski, hozirgi «Manchester Yunayted» tushunarsiz o‘yin ko‘rsatib, barqarorlik namoyish etmayapti. Shuning uchun, aftidan, bunday mehnatkash hujumchi YECHL kubogisiz faoliyatini yakunlaydi.

3-o‘rin - Serxio «Kun» Aguero


Bugungi ro‘yxatimizning ikkinchi qahramoni ham Janubiy Amerikaga futboliga bevosita aloqador futbolchi. Argentinalik futbolchi 15 yoshida «Independiyente» tarkibida debyut qilgan. O‘z uyida bor-yo‘g‘i bir-ikki yillik faoliyatidan so‘ng, ko‘plab Yevropa gigantlari Agueroga «sovchi» qo‘yishdi. Biroq, futbolchining o‘zi «Atletiko Madrid» variantini tanladi.


Ispaniya poytaxtidagi birinchi yil moslashish uchun o‘tdi, ammo keyin Serxioni to‘xtatib bo‘lmadi. 2007/08 yilgi mavsumda u La Ligada 19 bor gol urib, ichki chempionatdagi uchinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi va 12 yildan so‘ng Chempionlar ligasiga «matraschilar»ni qaytardi. Asosiy yevrokubokdagi debyut juda yaxshi bo‘ldi: guruhning birinchi o‘yinidayoq argentinalik PSVga qarshi dubl qayd etdi; ikkinchi turda u «Marsel» darvozasini ishg‘ol qildi.


Biroq, keyingi mavsum unchalik samarali bo‘lmadi, «qizil-oqlar» guruh bosqichidayoq kurashni tark etdi, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega. Madriddagi bir necha yillik ajoyib sarguzashtlardan so‘ng, 2011 yilning yozida «Manchester Siti» o‘zining zamonaviy tarixdagi asosiy transferini amalga oshirdi. Kunning YECHLdagi birinchi mavsumi ancha omadsiz kechdi.
Umuman olgada, o‘tgan yillar davomida Aguero Manchesterning ko‘k qismini tarixiy g‘alaba sari yetaklay olmadi. Serxioning sa’y-harakatlariga qaramay, kuchli raqiblar bilan o‘yinda «shaharliklar»ga nimadir yetishmadi. O‘tgan mavsumda Pep Gvardiola shogirdlari xalqaro tojni qo‘lga kiritishga har qachongidan ham yaqinroq edi, ammo...


Kavani singari argentinalik to‘purar ham 54 o‘yinda 36 gol urgan sobiq klubining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ajablanarlisi shundaki, bu qahramonlarning ikkalasi ham hozirda omadsizliklarni boshdan kechirayotgan top-klublarda o‘ynamoqda. Juda qiziq...

2-o‘rin - Zlatan Ibragimovich


Ma’lumki, Zlatanda hech qachon jamoaga sadoqat tushunchasi bo‘lmagan. 

Agar biz shved futbolchisining har bir «ish joyi» haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, maqola nihoyatda cho‘ziladi. Shuning uchun biz uning statistik ma’lumotlarini va karerasining har bir segmentidagi eng yuqori yutuqlarini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.

«Ayaks»

2000 yillarning boshlarida Amsterdam klubida YECHL bosh sovrini uchun kurashishiga ishonish qiyin edi. Klubning eng yuqori natijasi 2002/03 yilgi mavsumdagi chorak final bo‘lgan. Ibra esa o‘sha mavsumda 19 uchrashuvda 6 ta gol urdi.

 

«Yuventus»

Zlatanning «keksa sinyora» safidagi faoliyati unchalik omadli bo‘lmagan. Futbolchi turinliklar safida 2004 yildan 2006 yilgacha to‘p tepgan. U Italiya klubi safida Yevropaning klublar darajasidagi eng yaxshi musobaqasida 19ta uchrashuvda, bor-yo‘g‘i 3 ta gol kiritishni uddalagan.


«Inter»

«Juzeppe Meassa»da shved futbolchisi asosiy figuraga aylandi, lekin futbolchi yana Chempionlar ligasida porlamadi, uch mavsumda (22 o‘yin) atigi olti marta o‘z nomini tabloga yozdi. Zlatan bilan birgalikda «neradzurrilar» pley-offning birinchidayoq musobaqani tark etgan. Qiziq tomoni shundaki, futbolchi Milan klubidan ketganidan so‘ng, «Inter» darhol uzoq kutilgan kubokni qo‘lga kiritdi.


«Barselona»

Ha, aynan Kataloniya klubida hujumchi «shalpangquloq» kubokni qo‘lga kiritish uchun harakat qildi, «ko‘k-anorranglilar» tarkibida 4 ta gol urdi, ammo «Barselona» yarim finalda Zlatanning milanlik eski tanishlari tomonidan musobaqadan chiqarib yuborildi.


«Milan»

Shved «San-Siro» egalari oltin davrining oxirida yetib kelishdi. Ha, u nihoyat, klubga skudettoni qaytarishga yordam berdi, ammo Chempionlar ligasining 2012 yilgi mavsumida «Barselona» tomonidani chorak finalda chiqarib yuborildi. Zlatanning esa 16 uchrashuvda 9 ta gol urdi.


«Pari Sen-Jermen»

Kavani bilan birgalikda Ibragimovich yangi jahon grandi tarixini yaratdi, ammo klublar o‘rtasidagi asosiy turnirda muvaffaqiyatga erisha olmadi. To‘rt yil ketma-ket parijliklar chorak final bosqichida to‘xtab qolishdi. Futbolchining o‘zi faoliyatidagi eng yaxshi natjalarini ko‘rsatib, 33 o‘yinda 20 ta gol urgan, 2013/14 yilgi mavsumda esa hattoki 10 ta gol bilan turnirning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va faqat Krishtianu Ronaldudan ortda qolgan.


«Manchester Yunayted»

Angliyada Zlatan ikkinchi muhim yevrokubokda (Evropa ligasi) g‘alaba qozondi. Kelasi mavsumda «qizil iblislar» Chempionlar ligasiga qaytishdi, ammo u paytda Zlatan MLSda o‘ynayotgan edi.


Natijalar

Faoliyatining 22 yili davomida Zlatan Chempionlar ligasida 121 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shvesiyalik Bundesligadan tashqari har bir top chempionatning asosiy klublarida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi, ammo «shapangquloq» kubok unga nasib qilmadi.

1-o‘rin – Ruud van Nistelroy


Bugungi ro‘yxatning asosiy futbolchisiga keldik. Gollandiyalik faoliyatini «Den Bosx» jamoasida boshlagan. Ushbu jamoa safidagi 4 yillik faoliyatidan so‘ng, 1997 yilda mashhur «Xerenven» klubiga ko‘chib o‘tgan. 97/98 mavsumda Rudning 13 ta goli evaziga klubi 6-o‘rinni egalladi. PSV darhol futbolchining qobiliyatini payqab qoldi va uni 7 million yevroga sotib oldi.


22 yoshli yosh birinchi marta Chempionlar ligasi o‘yinlarida ishtirok etdi,. Nistelroy dastlabki 4-turga qadar gol urmadi, keyin esa so‘nggi uchta o‘yinda 5 ta gol urdi. Finlyandiya «HIK» klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. 

2001/2002 yilgi mavsumda gollandiyalik futbolchi yana 29 ta gol bilan Eredivizionni to‘purari bo‘ldi. Yigitchaning o‘yinini ko‘rgan «qizil iblislar» PSVga 28,5 million yevro to‘lab, Rudni xarid qildi. Tumanli Albionga ko‘chib o‘tish Nisterloy uchun ajoyib transfer bo‘ldi. U 10 ta gol bilan 2001/02 yilgi Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Lekin yana musobaqa g‘olibiga aylanmadi.

Keyingi yili hujumchi Premer-ligada ham, Chempionlar ligasida ham to‘purar bo‘ldi. Ammo chempionatdagi 25 ta gol oltin yutish uchun yetarli bo‘lgan bo‘lsa, yevrokubokdagi 12 ta gol bizga chorak finalga chiqishga imkon berdi. Keyingi miting gollandiyalik uchun unchalik samarali bo‘lmadi: 4 ta gol. Ammo 2004/05 yilgi mavsumda unga 8 ta gol urish va Chempionlar ligasining bosh to‘puararligi unvonini qaytarish yetarli edi.

2006 yilning yozida van Nistelroy «galaktikos»ning bir qismiga aylandi, ammo bilamizki, «Real Madrid»ning yulduzli tarkibi Chempionlar ligasidagi jiddiy yutuqlardan uzoq emas edi. «Santyago Bernabeu»da to‘rt yil davomida Ruud La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘la oldi. Ammo o‘zining sevimli turnirida yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uch mavsumda 13 ta gol va har yili mos ravishda «Bavariya», «Roma» va «Liverpul»dan 1/8 finaldagi mag‘lubiyat.


2010 yilda bizning qahramonimiz va «qaymoqranglilar»ning yo‘li ajraldi: u «Gamburg» ga o‘tdi va Chempionlar ligasida boshqa o‘yin o‘tkazmadi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 10:30, 08.11.2021.
O'qildi: 7886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.