Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

1,5 million funt sterlingga baholangan avtopark. Son Xin Minning «garaji»dagi superkarlar haqida bilasizmi?

1,5 million funt sterlingga baholangan avtopark. Son Xin Minning «garaji»dagi superkarlar haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Son Xin Min dunyodagi eng eksklyuziv avtomobillardan birini sotib olish maqsadida milliardlab pul sarflaydigan futbolchi emas.

«Tottenxem»ning 29 yoshli hujumchisi kamtar va odatda maydondagi o‘yini orqali muxlislarini xursand qilishni istaydi.

Ammo haftasiga 110 ming funt maosh oladigan forvardning avto parkida 1,5 million funt sterlinglik avtomobillari bor.

Uning Shimoliy Londondagi garajidagi sharafli joy esa Buyuk Britaniyada kamdan-kam uchraydigan superkar bor. Bu – Ferrari LaFerrari.


Bu aql bovar qilmaydigan mashinalarning atigi 499 tasi ishlab chiqarilgan va ulardan bittasi koreyalik yulduzda bor. Avvaliga ushbu mashina qizil rangda edi, ammo, Son uni qora rangga bo‘yatgan. Sababi, Shimoliy Londonda qizil rangli mashina minishni istamadi. Chunki, ushbu shaharning asosiy qarama-qarshiligi «shporlar» va «Arsenal» o‘rtasida kechadi va ushbu rang «kanonirlar»ga tegishli.

Songa tegishli mashina 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikda harakat qila oladi va HY-KERS tomonidan quvvatlanadigan 6,3 litrli V12 dvigateliga ega bo‘lib, umumiy quvvati 950 ot kuchiga teng.

Bu mashina taxminan 1 150 000 funt turadi. Hatto Premyer-liganing katta maosh oladigan futbolchilar orasida ham ushbu summadagi superkarlarga egalik qiladigan o‘yinchilar juda kam.

E’tibor bering, Sonning garajida Audi R8 Coupe, Bentley Continental GT, Range Rover va Maserati Levante ham bor. Barcha avtomobillarning umumiy qiymati 1,5 million funt sterlingdan sal ko‘proq baholanmoqda.

Audi R8


Janubiy koreyalik yulduz 2014 yilda o‘z mamlakati mashhur estrada xonandasi, sobiq sevgilisi Mina bilan o‘zining oq R8 mashinasini sotib olgan.

Bunday mashinaning narxi 112 520 funtdan boshlanadi. 5,2 litrli V10 dvigateli bir tonna quvvatga ega va uning nafis dizayni diqqatni tortadi. Ushbu mashinaningtezligi 3,2 soniyada 100 km/soat tezlikkacha chiqadi.

Maserati Levante


Son Xing Min narxi 60 000 funt sterlingdan boshlanadigan Maserattiga ham egalik qiladi.

Mazkur mashinani ishlab chiqaruvchi kompaniya «Bayer»ning sobiq futbolchisiga ushbu modelni sovg‘a qildi va bu «noziklik va chidab bo‘lmas kuch bilan o‘ynay oladigan Son uchun eng mos mashina bo‘lishi mumkin» deb tushuntirdi.



Range Rover


Koreyalik futbolchining kolleksiyasidagi bu avtomobil zamonaviy qora qoplamada ishlangan. Orqa eshigi, radiator panjarasi va yon tomonidagi yozuvlarni ham qora rangda. Bunday mashinaning narxi 31 ming funt sterlingdan boshlanadi, ammo Sonning modeli barcha qo‘shimcha navorotlari hisobiga sal qimmatroq bo‘lishi mumkin.


Jamshidjon Mahmudov tayyorlardi.

Kiritildi: 11:23, 08.11.2021.
O'qildi: 8072 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.