Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Cholhono‘g‘li hushtakbozlik qilgan «Milan» muxlislariga javob qaytardi

Cholhono‘g‘li hushtakbozlik qilgan «Milan» muxlislariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Ayni paytda "Inter" sharafini himoya qilayotgan Hoqon Cholhono‘g‘li Italiya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda "Milan" muxlislari bilan kichik mojaroga bordi.

"San-Siro"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "rossoneri" yarim himoyachisi Frank Kessi o‘z jarima maydoni ichida Cholhono‘g‘liga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun penalti belgilandi.

Jarima zarbasini turkiyalik futbolchining o‘zi amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. "Milan" muxlislari esa, "rossoneri" bilan shartnoma imzolashni istamasdan prinsipial raqibi safiga o‘tib ketgan Hoqonga nisbatan o‘sha lahzada hushtakbozlik qilishdi. Cholhono‘g‘li ularga tezda javob qaytardi: penaltidan gol urgach, mezbon jamoa ishqibozlari tomon ikki qo‘lini quloqlariga qo‘ygancha, "eshitmayapman" ishorasini qildi.

Eslatib o‘tamiz, Cholhono‘g‘li "Milan"dagi 4 yillik faoliyatidan so‘ng yozda erkin agent sifatida "Inter" bilan shartnoma imzoladi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 15:04, 08.11.2021.
O'qildi: 3559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик