Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Eldor Shomurodov: «Kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilamiz»

Eldor Shomurodov: «Kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Eldor Shomurodov Italiya chempionati so‘nggi turida «Venetsiya» darvozasiga gol urdi. Biroq jamoasi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Eldor «Roma» matbuot xizmati uchun qisqa intervyu bergan.

— Chempionatdagi debyut golingiz omadsiz kunga to‘g‘ri kelib qoldi. Aslida «Roma»da ijobiy natija uchun juda ko‘p imkoniyat bo‘lgandi.
— Ha, men chempionatdagi birinchi golimni urdim, biroq jamoa mag‘lub bo‘ldi va bundan xafaman. Gol urganim uchungina xursand bo‘lolmayman. Hafsalamiz pir bo‘ld. Biz hozir tanaffusga yo‘l olamiz va ishonch bilan qaytishimiz kerak.

— Murabbiy ta’kidlaganidek, yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun ko‘proq ish qilish mumkinmidi?
— Ha, bu to‘g‘ri va bizga omad kulib boqmadi. Barcha o‘yinlarda biz gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, lekin afsus ularning aksarini yo‘qqa chiqardik.

— Abraham bilan o‘zingizni qanday his qildingiz?
— Juda yaxshi. Biz ikkita gol urdik, ammo natija bizni qoniqtirmagani aniq.

— Jamoaga qo‘shilishingiz qanday rivojlanmoqda va qaysi voqeylik siz uchun yangilik bo‘ldi?
— Hammasi yaxshi ketmoqda, men mamnunman. Hamma jamoadoshlarim menga katta yordam berishmoqda.

— Mourinyo «Roma» to‘rtinchi o‘rin uchun kurashishi va Chempionlar ligasiga chiqishi kerakligini aytdi. Buni uddalay olishga ishonasizmi?
— Ha, mavsum uzoq va biz Chempionlar ligasiga chiqishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:20, 09.11.2021.
O'qildi: 8584 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик