Braziliya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etayotgan Neymar o‘z soch turmagini o‘zgartirishga qaror qildi.
29 yoshli futbolchi yangi qiyofasining suratini instagramga joyladi. U sochini oq rangga bo‘yagan bo‘lsa, boshining yon tomoniga superqahramon Betmenning logotipini chizdirdi.
Braziliya terma jamoasini JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Kolumbiya (12 noyabr) va Argentina (17 noyabr)ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.