Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

London osmonidagi yangi yulduz yoxud Emilning "Arsenal"dagi sarguzashtlari

London osmonidagi yangi yulduz yoxud Emilning "Arsenal"dagi sarguzashtlari

Baho:
+ | -

“Arsenal“da yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Emil Smit-Rou murabbiy qarori bilan Angliya terma jamoasi qaydnomasidan tushib qoldi. Shunga qaramay, Emil “kanonirlar“ safida ajoyib o‘yinlar o‘tkazayotganini e’tirof etmoq darkor. Hozirda u atigi 21 yoshda. Biroq ko‘rsatayotgan o‘yinlari bilan uni “Arsenal“da yetakchilarga xos tarzda harakat qilmoqda deyish mumkin. Bugun biz London tarafda “porlab chiqayotgan yulduz“ haqida batafsil to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

Arteta kashfiyoti

O‘tgan hafta “Lester“ga qarshi 0:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgan o‘yinda Emil chempionatdagi to‘rtinchi golini kiritdi. Bu bilan uning mahsuldorligi butun 2020/21 mavsumdagi natijasiga tenglashdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘tgan to‘liq mavsumda ingliz 2ta gol urgan va 4ta assist amalga oshirgandi. Joriy mavsum yarmiga kelmasdanoq, u o‘tgan yilgi raqamlarni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi. “To‘pchilar“ akademiyasidan chiqqan yosh futbolchiga bosh murabbiy Arteta ko‘proq gol urishi kerakligini uqtirgan ko‘rinadi va Smit-Rou ham buni uddalay olmoqda. Mikel va uning murabbiylar shtabining yordami bilan yosh futbolchining aql bilan harakatlanishi va raqib jarima maydonchasida tez-tez paydo bo‘lishi kabi ijobiy xislatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Ayni paytda, londonliklar mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, “kuchli oltilik“ka qaytishni epladi. Buning ortida katta mashaqqatlari bilan o‘zini yuqori darajaga olib chiqqan Emil Smit-Rouning xizmatlari katta.

Raqamlar “tilga kirganda“

21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda ham yomon harakat qilmadi. Unga klub ishonch bildirdi va iyulda yangi shartnoma taklif qildi. Shartnoma imzolangandan so‘ng, Smit-Rou “Arsenal“ning yangi 10 raqamli futbolchisiga aylandi. Aslida, bu tanlov ham raqam egasiga ma’suliyat va bosim yuklaydi. Shunga qaramay, Emil jamoadoshi Bukayo Saka bilan birgalikda ajoyib tandem hosil qilmoqda. Smit-Rouning statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u har o‘yinda darvoza tomon o‘rtacha 1,5 tadan zarba beradi. APL joriy 10-turidayoq uning zarbalari soni o‘tgan mavsum 20 o‘yindagi zarbalari hisobidan oshib ketdi. Shuningdek, uning paslari aniqligi ham 90%ni ko‘rsatmoqda. Bu yosh futbolchi uchun shunchaki super statistika. Chempionatda 10dan ziyod o‘yin o‘tkazgan “kanonirlar“ning bo‘lajak yetakchisi hozirda biron marta kartochka olmagan. Vaholanki, u harakat qiladigan chiziqda futbolchilarga “ko‘proq qoida buzish“ degan alohida topshiriq beriladi.

Emil Smit-Rou haqida mutaxassislar fikri

Arsen Venger

“Men bir necha yil oldin “Arsenal“da ekanligimda Saka va Smit-Rou allaqachon klub safida edilar. Bu futbolchilarni kuzata turib, bizning yoshlarga oid tizimimiz to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani guvohi bo‘laman. Ularning jahon futbolida alohida e’tirof etilayotganini ko‘rish quvonarli hol“.

Garet Sautgeyt

O‘ylashimcha, Emil klubida zo‘r o‘ynamoqda. Buni tan olaman. Biroq terma jamoada uning pozisiyasida raqobat juda kuchli. Buni ham tan olish kerak. Biz kimnidir tanlashimiz kerak edi. Tabiiyki, bu tanlov orqali kimdir ro‘yxatdan tushib qoladi. E’tibor bersangiz, bizning 21 yoshgacha bo‘lgan jamoamiz juda kuchli. Ular termada ham muhim rol o‘ynashadi. Afsuski, bu yoshlarning ba’zilari hali chorlov uchun tayyor emas deb hisobladik. Holbuki, biz ularning qanchalik yaxshi o‘ynayotganligini ko‘rib turibmiz“.

Mesut O‘zil

“U oxirgi 2 o‘yinda haqiqiy 10 raqamlarga xos tarzda harakat qildi. Emil uchun xursandman. U “Arsenal“ga o‘zgacha joziba baxsh etmoqda“.

Mikel Arteta

“Maydonda o‘yinni yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, unga (Smit-Rouga) ishonish mumkin. U shunday katta klubda yetakchi va muhim o‘yinchiga aylana oldi. “Aston Villa“ga qarshi o‘yinda u to‘liq tayyor emas edi. Ammo u jarohat bilan bo‘lsada, o‘ynashga qaror qildi. U haqiqatan ham qat’iyatli va kurashuvchan yigit. Rivojlanish uchun u yashash tarzini, odatlarini o‘zgartirdi va hozir unda hammasi optimal holatda“.

Ko‘rib turganingizdek, mutaxassislar yosh futbolchi haqida ijobiy fikrlar bildirishgan. Muxlislar ham uning harakatlaridan rohatlanishmoqda. Emilning kelajagi, o‘yin uslubi yana rivojlanishi mumkinligini inobatga olib, hali qahramonimiz termada ham yuksak natijalar qayd etishiga ishonsa bo‘ladi. Zero, klub safida u allaqachon katta ishlarni boshlab yuborgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:00, 10.11.2021.
O'qildi: 3985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.