Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

«Borussiya Dortmund»ning eng yorqin yettinchi raqam egalarini esga olamiz

«Borussiya Dortmund»ning eng yorqin yettinchi raqam egalarini esga olamiz

Baho:
+ | -

Yevropa futboli har doim diltortar bo‘lib kelgan. Kuchli beshlik chempionatlarida doimo yulduzlar to‘p surgan. Ayniqsa Germaniya futboli boshqalardan o‘zining muxlislik uslubi bilan ajralib turadi. Bugun sizga Germaniya futboli gigantlaridan biri bo‘lgan «Borussiya Dortmund»da to‘p surgan eng yorqin hujumchilar haqida aytib bermoqchimiz. Umumiy ro‘yxatda beshta qit’adan ham futbolchilar mavjud. Gi Demel hamda Delron Baklilar afrikalik «BVB»ning 7-raqam sohiblari hisoblanadi. Shuningdek, Osiyodan Sinzi Kagava, Janubiy Amerikadan braziliyalik yulduz Tinga aynan mana shu raqam ostida to‘p surishgan. Ayni kunda esa, ajoyib talant egasi, Jovanni Reyna klub tarixida yettinchi raqamni olgan ilk Shimoliy Amerika qita’si vakiliga aylandi. U yangi mavsumni o‘z o‘yinlari bilan bezashga hozirlangan. Yevropaga keladigan bo‘lsak, biz eshitib o‘rganib qolgan, inglizlardan Sancho, fransuzlardan Dembele, polyaklardan Levandovski hamda nemis millatiga mansub trio – Xofmann, Lyaytner hamda afsonaviy Shtefan Royterlar ro‘yxatda keltirilgan.
Ba’zi klublar uchun libosdagi raqam shunchaki bir belgi bo‘lishi mumkindir. Ammo Yevropaning elita qatlamiga mansub jamoalar uchun unday emas. Ularning raqamlarida ramziy ma’no aks etadi. Shunday klublardan biri bo‘lgan «Dortmund»ning yettinchi raqam egalaridan bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz.

Usmon Dembele (Fransiya)

Chapaqay fransuz 2017 yilda «Barselona»ga juda katta qiymatga, 135 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Ammo mana, oradan to‘rt yil o‘tibdiki, Usmonning o‘yinida pasayish kuzatilsa kuzatildiki, lekin o‘smadi. Bunga birinchi navbatda ketma-ket kelgan surunkali jarohatlar sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tarafdan «Barsa»ning tarkibi kuchliligi, unda raqobatdosh futbolchilarning ko‘pligi imkon bermadi. Shunga qaramay, Dembelening iste’dodiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Futbolchi o‘z sport formasini tiklab olsa, u yog‘iga «Barsa»ni haqiqiy yetakchisi bo‘lish uchun kurashga kirishi mumkin bo‘ladi. Aytgancha, biz uni chap-oyoq degan edik. Lekin maydonda uning qaysi oyog‘i nisbatan kuchliligini aytish murakkab. Chunki u har ikki oyoqda ham o‘ta kuchli zarba berish qobiliyatiga ega.

Jeydon Sancho (Angliya)

Sancho uchun davom etgan uzoq kurashlardan keyin, transferlar oynasi ham yakunlandi. U vanihoyat o‘zi istagan joyga, «MYU»ga ko‘chishga muvaffaq bo‘ldi. Jeydon uch mavsum davomida «Borrusiya Dortmund» o‘yinchisi sifatida harakat qildi. Bu davr mobaynida 7-raqamli futbolchi barcha musobaqalarda jamoasi uchun 57ta assist hamda 50ta gol urishga erishdi.

Sinzi Kagava (Yaponiya)

Osiyoning eng taniqli futbolchilaridan biri bo‘lgan Kagava 2011 hamda 2012 yillarda ikki bor «BVB» safida Germaniya chempionligini qo‘lga kiritadi. U bu davr mobaynida 23-raqam ostida harakat qilgan. Yaponiyalik orada «MYU»ga ham borib kelishga ulgurgan va 2013 yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Pleymeyker 2014 yilda yana Dortmund shahriga qaytadi. Bu paytga kelib, uning raqami 7ga o‘zgartirilgan edi. Shundan keyin Kagava «Beshiktosh», «Real Saragosa» kabi jamoalarda ham to‘p surdi. U hozirda Gresiyaning «PAOK» klubi sharafini himoya qilmoqda. Kagavaning faoliyatidagi jarohatlar, uning barqaror o‘yin ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymagan edi.

Robert Levandovski (Polsha)

Biz barchamiz uni hozirga kelib haqiqiy gol-mashinasi sifatida bilamiz. Shuningdek, Levandovski nomini to‘qqizinchi raqam ostida eslab qolganmiz. Ammo ko‘plab «*arilar» muxlislari, uning «Dortmund»dagi yillarida har doim ham to‘qqizinchi raqamda o‘ynamaganini biladi. Polyak hujumchisi, o‘z jamoasi to‘qqiz yil ichida ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritga mavsum(2010-2011)da 9-raqamda emas, balki 7-raqamli futbolchi sifatida qayd etilar edi.

Shtefan Royter (Germaniya)

Har qanaqasiga qarashingizdan qat’iy nazar, Shtefan Royter «BVB»ning haqiqiy timsoli bo‘lib qolaveradi. U 12 yil davomida jamoasi uchun 421ta bahsda qatnashgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Royter uchinchi o‘rinda turadi. Shtefan 26 yoshida «Borussiya Dortmund»ga keladi va to 38ga kirgunga qadar shu yerda to‘p suradi. Bu davr mobaynida nemis himoyachisi jamoasiga 3 marta mamlakat chempionligini va 1997 yilgi YECHL g‘olibligini taqdim eta olgandi. Shuningdek, Royter bu vaqt davomida Germaniya termasi bilan Jahon va Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. U 10 yildan ortiq davr davomida 7-raqam bilan harakat qildi. Bu natijalar esa buyuk futbolchini tarix zarvaraqlariga abadiy muxrladi!

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 19:30, 11.11.2021.
O'qildi: 4209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.