Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

4 ming km.ni avtobusda bosib o‘tgan, yana 15 ming km. yo‘l yurishi kerak bo‘lgan Mali klubi haqida g‘aroyib hikoya

4 ming km.ni avtobusda bosib o‘tgan, yana 15 ming km. yo‘l yurishi kerak bo‘lgan Mali klubi haqida g‘aroyib hikoya

Baho:
+ | -

«Binga» klubi Malining nufuzi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi chempionatida ishtirok etadi. Mamlakat kubogidagi g‘alaba bu klub uchun xalqaro turnir — qit’aning Konfederasiyalar Kubogiga yo‘l ochadi. Muvaffaqiyat, obro‘-e’tibor — bulardan shunchaki voz kechib bo‘lmaydi, to‘g‘rimi? Ammo hammasi ular o‘ylagandek oson emasdi.

O‘yin boshlandi

Musobaqaning ilk saralash bosqichida «Binga»ga Liberiyaning «MC Bryuveries» klubi duch keldi. Maliliklar uyda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq oldinda ularni uzoq safar kutib turgandi. Yetarlicha mablag‘ yo‘qligi sabab jamoa safar o‘yiniga avtobusda borishga majbur edi. Liberiya bilan chegaragacha bo‘lgan 1 400 kilometr masofa avtobusda, raqib maydoniga qadar qolgan yo‘l esa yo‘ltanlamaslarda bosib o‘tiladi. Shuncha mashaqqatlarga yarasha «Binga» safarda ham g‘alaba qozonadi (2:0). G‘alaba qozonganiga qaramay jamoa yana ortga avtobusda qaytadi.

Deyarli omad kulgandi, biroq...

Ikkinchi bosqichda esa jamoaga go‘yoki omad kulib boqqandi. Chunki raqib «ASFA Yennega» klubi qo‘shni Burkina-Faso davlatidan edi. «Binga» o‘z uyida 0:1 hisobida yutqazadi. Qo‘shni mamlakatga safar masofasi atigi 700 kilometr tashkil etardi. Biroq Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) raqib maydonini o‘yin uchun yaroqsiz deb topadi va bahsni Kot-d’Ivuarga ko‘chiradi. Bu esa yana avtobus safari va 1 400 kilometr masofa degani edi. «Binga» yana bo‘sh kelmadi, jamoa nafaqat o‘yinga yetib bordi, balki penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib keyingi bosqichga ham chiqdi.

Qur’aning ko‘zi ko‘r

Uchinchi bosqich qur’asi malilik qahramonlarni ayashni o‘ziga ma’qul ko‘rmadi. «Binga»ga 7 500 kilometr uzoqlikdagi Zambiya klubi — «Zanako» duch keldi. Ortga qaytish bilan bu 15 000 kilometr degani. Asfaltlanmagan yo‘llar orqali, yana yetmagandek avtobusda buncha masofani bosib o‘tishning deyarli imkoni yo‘q. O‘yinga bormaslik esa musobaqadan chetlatilishga va 15 ming dollar miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.

Endi nima bo‘ladi?

«Binga» klubi rahbariyatining ayni damda boshi qotgan: samolyotga ham, jarima to‘lashga ham ularda ortiqcha pul yo‘q. O‘yin esa 28 noyabrga belgilagan. Klubdagilar vujudga kelgan muammoga e’tibor qaratishlariga va bu orqali CAF’dan yordam olishga harakat qilmoqda. Ularda barchasi o‘xshashiga umid qilib qolamiz.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:08, 14.11.2021.
O'qildi: 3835 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик