Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Ular qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Ular qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Baho:
+ | -

 Qishki transfer oynasi ham yaqinlashib kelmoqda. Ba’zi bir jamoalar o‘zlari uchun hozirdan futbolchi izlashni boshlagan bo‘lishsa, ba’zi futbolchilar uchun yangi klub kerak. Stadion.uz quyida aynan shunday futbolchilar haqida so‘z yuritadi.

Filippe Koutinyo (“Barselona”)

Messi “PSJ”ga ketdi, chunki uning “Barselona”da tekin o‘ynashga qonuniy huquqi yo‘q edi. Moliyaviy feyr-pley “blaugranas”ning ko‘p rejalarini chippakka chiqardi. Pike esa qolgan kataloniyalik sardorlar bilan birgalikda maoshlarini qisqartirishga rozi bo‘ldi. Bularning barchasi, jamoadagi futbolchilarning yuqori maosh olishi oqibatida vujudga keldi. Albatta, katta maosh oluvchi futbolchilar qatorida Koutinyo ham bor. Ispan nashrlari xabar qilinganidek, futbolchining maoshi yiliga 23-24 million yevroni tashkil etadi. To‘g‘ri bu ma’lumotda braziliyalikning bonus pullari ham hisoblangan, lekin nima bo‘lganda ham bu maosh zahira futbolchisi uchun haddan ortiq ko‘p. Koutinyo “Barselona”ga o‘tishini ochiqchasiga aytgan va bir tomondan “Liverpul”ni norozi ham qilgandi. Bu uning eng katta xatosi bo‘lgandi. «Barselona» ustozlari Koutinyoga hech narsa bera olishmadi. Nisbatan Klopp unga erkinliklar berardi. Koutinyo “Liverpul”dan ketgach, “Barselona” va “Bavariya” tarkibida to‘p surdi. Shu muddat ichida “rekordmeyster” safida kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol etgandagina uning nomi yana avvalgi darajasiga tenglashgandek bo‘ldi. Lekin buning barchasi ro‘yo bo‘lib chiqdi. Futbolchini Xavi o‘z rejalariga kiritmayotganini va tezroq jamoa uni sotishi kerakligini aytdi. Katta ehtimol Koutinyo Premer-ligaga qaytsa kerak.

Aleksandr Lyakazett (“Arsenal”)

Arteta “Arsenal”ni yana o‘z darajasiga olib chiqish harakatini boshlab yuborgan. Lekin uning jamoasi mavsum startida juda yomon o‘yinlar ko‘rsatishdi. «Kanonirlar» kuchli raqiblarga qarshi maydonda harakat qilganda ko‘pincha yutqazishmoqda. Lyakazett bu mavsumda 7 uchrashuvda 49 daqiqa maydonda harakat qildi. U yaxshi futbolchi, lekin ispaniyalik mutaxassis uni o‘z rejalariga kiritmagan. Aleksandr kerakli vaqtda “Atletiko”ga ko‘chib o‘tmagan edi. Hozirda essa uning oldida ikkita yo‘l turipti. Biri “Milan” va yana biri “Yuventus”. Lyakazett uchun hozirda faqatgina mana shu ikki jamoa ko‘z tikkan. Uning “Arsenal”da qolishi deyarli imkonsizdek ko‘rinmoqda.

Aaron Remzi (“Yuventus”)

Allegri jamoaga kelgach, u ko‘proq vaqt maydonda harakat qila oladigan va mehnatkash futbolchilarga imkon bermoqda. Tabiiyki, chidamsiz va pressinglarni xushlamaydigan Remzi deyarli maydonga tushgani yo‘q. Turinliklar bir nechta futbolchiga ortiqcha maosh to‘lashmoqda. Ular orasida uyelslik futbolchi ham bor. Jamoa Remzini yozda sotishni rejalashtirgan edi. Ammo unga xaridor topilmagandi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, “Nyukasl” uni sotib olishi mumkin ekan. Balki, Eddi Xau unga qirollarcha hayotni ko‘rsatar. Buyog‘ini vaqt hukmiga havola qilamiz.

Luka Yovich (“Real Madrid”)

“Galaktikos” ham ba’zi futbolchilar uchun zahira o‘rindig‘ida o‘tirganligiga maosh to‘lamoqda. Ularning short-listida Luka Yovich ham bor. Futbolchi avvallari ancha iqtidorli edi. Ammouo‘zigabildirilganishonchnioqlayolmadivazahiragamixlandi. Endi u o‘zining o‘yinini qay darajada topa olishi noma’lum. Uning uchun eng yaxshi variant boshqa jamoaga ko‘chib o‘tish bo‘ladi. Yovich avvalgi yorqin o‘yinini topsa ham, Karim Benzema bilan raqobatlasha olmasa kerak. Fransiyalik hujumchi hozirda faoliyati davomidagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmoqda.

Mauro Ikardi (“PSJ”)

Argentinalik hujumchi katta ehtimol Parijdan ketadi. Bunga birinchi sabab, jamoa haddan tashqari yulduzli tarkibga ega ekanligi bo‘lsa, ikkinchi sabab Messi. Leo Ikardi bilan birga 11talikda bo‘lishni istamasligi hammaga ma’lum. Mauro qishdayoq jamoasini almashtirish ehtimoli yuqori. Buning sababi esa uning rafiqasi. Bundan 1-2 hafta oldin ular o‘zaro urushib qolishgani haqida xabar tarqalgan edi. Aslida o‘sha janjalning sababi sifatida Ikardi xonim Italiyaga qaytish istagida ekanligi bo‘lgan. Mauro u bilan yarashib olgani haqida ham bilamiz. Balki argentinalik Italiyaga qaytishga rozi bo‘lgandir.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:38, 14.11.2021.
O'qildi: 7729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.