Ispaniyalik yarim himoyachi David Silva "Real Sosyedad" bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor, deya xabar beradi "ElDesmarque" nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Silvaning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi, biroq u San-Sebastyanda o‘zini juda qulay his qilmoqda va jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Joriy mavsum 35 yoshli sobiq Ispaniya terma jamoasi a’zosi La Liganing 8 uchrashuvida maydonga tushib, 1 golga assistentlikni amalga oshirdi.