"Yuventus" vingeri Federiko Bernardeski Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Lasio"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin.
"Sport Italia" nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Italiya terma jamoasining Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan o‘yinida (0:0) jarohat olgan.
Futbolchi Turinga qaytib kelgach qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi. Shundan so‘ng uni tiklanish vaqti ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Lasio" – "Yuventus" uchrashuvi 20 noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.