Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Cholhono‘g‘li nima uchun «Milan»dan «Inter»ga o‘tganini tushuntirdi

Cholhono‘g‘li nima uchun «Milan»dan «Inter»ga o‘tganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Turkiya terma jamoasi futbolchisi Hoqon Cholhono‘g‘li yozda nima uchun «Milan»dan «Inter»ga o‘tganini tushuntirdi.

"Mening «Milan» bilan shartnomam yakuniga yetdi. Bu jamoa safida men 4 mavsum to‘p tepdim. Men barchani hurmat qilaman. Ba’zi o‘yinchilar bilan aloqani ushlab qolganman. Ular bilan munosabatim a’lo darajada. Klub bilan o‘rtamizda kelishmovchilik bo‘lmadi. Ammo men yangi joyda o‘zimni sinab ko‘rishni istadim.

Hozirda «Inter»da o‘zimni baxtli his qilyapman. Yevropa chempionati paytida Indzagi menga bir kunda bir necha marta qo‘ng‘iroq qildi. U meni o‘z jamoasida ko‘rishni juda ham istadi. U va klub direktori menga «Inter»dagi kelajagim haqida gapirishdi. Men esa ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman", - dedi Cholhono‘g‘li.

Cholhono‘g‘li joriy mavsumda "neradzurri" safida barcha musobaqalar doirasida 12ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol va 3ta assist muallifiga aylandi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 22:17, 16.11.2021.
O'qildi: 4239 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик