Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Abidalning xotini «PSJ» futbolchisidan qasos olganmidi?

Abidalning xotini «PSJ» futbolchisidan qasos olganmidi?

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Erik Abidalning xotini Hayot Abidal «PSJ» ayollar klubi a’zosi Xeyra Hamroviyning do‘pposlanishiga aloqador bo‘lishi mumkin.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jinoyatni uyushtirganlikda gumonlanayotgan "PSJ"ning yana bir futbolchisi Aminata Diallo tergov jarayonida Hamroviyga Abidalning xotinidan tahdidlar bo‘lganini aytgan.

Polisiya Xeyraning telefon raqamiga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarni o‘rganib chiqqanidan so‘ng futbolchi Hayot bilan gaplashganini aniqlagan. Shuningdek, Hamroviy Erik Abidalga qo‘ng‘iroq qilib, uning xotini bunday ishga qodirligini so‘ragan. Ammo Erik esa unga "yo‘q" deb javob bergan.

Polisiya sodir etilgan jinoyat Hayot tomonidan qasos bo‘lishi mumkin deya taxmin qilmoqda. Boisi, Hamroviy "Barselona"da o‘ynagan paytda Erik Abidal bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boz ustiga, Xeyraga hujum qilgan erkaklardan biri unga "oilali erkak bilan munosabatda bo‘lganiga" sha’ma qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Diallo, Hamroviy va boshqa futbolchilar restorandan uyga qaytishayotganida 2 erkak ularning mashinasiga yugurib kelib, mashina eshigini ochishgan va Hamroviyni salondan chiqarib olishgan. Rulda esa Diallo bo‘lgan.

Bezorilar Xeyraning oyoqlariga armatura bilan urishgan va shundan so‘ng voqea joyidan qochib ketishgan. Jarohatlangan futbolchi shifoxonaga yotqizilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan (yirtilgan joylari tikilgan). Keyinchalik Diallo ushbu ishni uyushtirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 10:00, 17.11.2021.
O'qildi: 6107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.