"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Garet Sautgeyt bilan amaldagi shartnomani yangilash borasida kelishuvga erishdi.
Mutaxassis yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 6 million funt sterling ishlab topadi.
Sautgeyt avvalroq jamoa bilan jahon chempionatiga chiqqandan so‘ng FA bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borishi haqida aytgandi.