Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Gavi va Edegor yoxud terma jamoasi safida juda erta debyut qilgan futbolchilar (top-5)

Gavi va Edegor yoxud terma jamoasi safida juda erta debyut qilgan futbolchilar (top-5)

Baho:
+ | -

Futbol oldindan aytib bo‘lmaydigan sport turi, xoh klub bo‘lsin, xoh milliy terma jamoa miqyosda bo‘lsin. Sababi, ba’zi futbolchilar 16 yoshida asosiy terma jamoaga chaqiruv olsa, boshqalari 25 yoshga yaqin milliy jamoa sharafini himoya qilishni boshlaydi, uchinchisi esa iqtidorini faqat faoliyati yakunida namoyon qiladi.

Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. 28 yoshida terma jamoaga debyut chaqiruvini olgan Jeymi Vardini eslang. “Atletik”ning sobiq hujumchisi Aris Aduris esa 29 yoshida Ispaniya terma jamoasiga qo‘shildi.

Futbolchilar orasida akademiyani tark etishi bilan terma jamoalarida debyut qilgan yosh iqtidorlar bor.

Biz sizga Yevropa jamoalari tarixidagi rasmiy o‘yinlardagi eng yosh debyutantlar haqida so‘zlab beramiz.

 

Gavi, Ispaniya (17 yoshu 62 kun)

 

Bu mavsumda “Barselona” akademiyasida yana bir iqtidorli futbolchi paydo bo‘ldi. “Barselona”ning “La Masia” yoshlar akademiyasidan chiqqan Gavi “ko‘k-anorranglilar” bazasida hali o‘z o‘rnini topib ulgurmadi.Ammo, ko‘pchilining fikricha, bir necha mavsumdan keyin bu yigit “Barsa”ning maydondagi asosiy futbolchisiga aylanadi.

Oktyabr oyi boshida Gavi Ispaniya terma jamoasidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Yarimhimoyachi UYEFA Millatlar ligasi  yarim finalidagi Italiyaga qarshi o‘yinda “qizil furiya”asosiy tarkibida maydonga tushdi. Mazkur bahs paytida Gavi 17 yosh va 62 kunlik edi. Bu esa yarimhimoyachini Yevropa jamoalari tarixidagi eng yosh debyutantlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallashi uchun yetarli bo‘ldi .

 

Levan Keniya, Gruziya (16 yosh-u 325 kun)

 

Keniyani juda istiqbolli futbolchi sifatida ko‘rishgan. 16 yoshida u Tbilisining “Lokomotiv” jamoasida debyut qildi va ikki yildan so‘ng “Shalke” klubidabirinchi o‘yinni o‘tkazdi. 2012 yilda Levan «Lvov Karpati» jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Keniyaning Ukrainadagi faoliyati uzoq davom etmadi. Bir yildan keyin u Germaniyaga qaytib keldi. Hozirda Levan Gruziyaning “Saburtalo” klubi sharafini himoya qilmoqda.

2007 yilning sentyabr oyida yarimhimoyachi Ukraina terma jamoasiga qarshi Yevro-2008 musobaqasi saralash uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv paytida Keniya 16 yosh-u 325 kunlik bo‘lgan. Ajoyib startga qaramay, Levan hech qachon o‘z terma jamoasi yetakchisi bo‘la olmadi. U milliy jamoa safida 27 ta uchrashuv o‘tkazgan.

 

Sigurdur Yonsson, Islandiya (16 yosh-u 251 kun)

Yonsson ro‘yxatdagi eng notanish futbolchi. Agar siz Gavi va Keniya haqida boshqa biror narsa eshitgan bo‘lsangiz, ehtimol Yonsson haqida deyarli eshitmagandursiz ham. Uni faqat 80 yillardagi “Sheffild” va “Arsenal”ning sodiq muxlislari eslab qolgan bo‘lishi mumkin. Sigurdur hech qachon “eng yaxshi futbolchi” nomiga sazovor bo‘lmagan, ammo u futbol tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ya olgan. U 2008 yilda barcha davrlarning eng yaxshi 10 nafar islandiyalik futbolchisi ro‘yxatiga kirdi.


80 yillarga qaytamiz. Bu 1983 yil, Islandiya Yevro-84 saralashi doirasida Maltaga qarshi o‘ynaydi. Sigurdur tanaffusdan so‘ng maydonga tushadi va Yevropa jamoalari tarixidagi eng yosh debyutantga aylanadi (o‘sha paytda).

U terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini oradan 16 yil o‘tib o‘tkazdi – 1999 yil sentyabrida o‘tkazadi va uning jamoasi Ukrainaga mag‘lub bo‘ladi.

 

Martin Edegor, Norvegiya (15 yosh-u 300 kun)

Hozirda kelajagi porloq futbolchilarni muhokama qilganda, hamma Fati va Bellingem kabi o‘yinchilar haqida gapiradi. 2014 yilda esa Martin Edegor sayyoramizning asosiy yosh iqtidori hisoblangan.

U terma jamoadagi debyutini 2014 yilning avgustida BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. Shu yilning oktyabr oyida yigitchaga Bolgariyaga qarshi rasmiy o‘yinda maydonga tushish ishonib topshirildi. O‘sha paytda u 15 yosh-u 300 kunlik edi.

 

Enes Sali, Ruminiya (15 yosh-u 264 kun)

 

Yaqin-yaqingacha aynan Edegor Yevropa terma jamoalarining rasmiy o‘yinlarida eng yosh debyutanti bo‘lgan edi. Ammo, 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Lixtenshteyn — Rumniya bahsida bu an’ana yakunlandi. Ushbu bahsda asosiy jamoasi safida debyut qilgan Ruminiya vakili Enes Sali rekordni yangtladi. Yangi yulduz futbolchi haqida ma’lumotlar juda kam. Torontoda tug‘ilgan va to‘qqiz yoshida Barselonaga ko‘chib o‘tgan. Ayni paytda Sali Ruminiyalik “Farul” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 15:32, 18.11.2021.
O'qildi: 2593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик