“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks noma’lum muddatga safdan chiqdi, deya xabar beradi “matraschilar” matbuot xizmati.
Portugaliyalikda mushaklari bilan bog‘liq jarohat tashxisi qo‘yilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Joau joriy mavsum Ispaniya La ligasida 7 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.