Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

CAFA U-15. Dastlabki tur oldidan Server Jeparov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

CAFA U-15. Dastlabki tur oldidan Server Jeparov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

CAFA U-15 turnirining birinchi tur uchrashuvlari oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Turnir haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Birinchi galda men turnir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni aytib o‘tmoqchiman. Chunki ushbu musobaqa hammamiz uchun keyingi yirik turnirlar uchun tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab beradi. Jamoamizning tayyorgarligiga kelsak, bizda — Yangi O‘zbekistonda bolalarga, yoshlarga e’tibor har galgidan kuchaygan. Ayniqsa, futbolga qiziqadigan o‘smirlarga yondashuv ham yangi darajaga ko‘tarilmoqda. O‘ylashimcha, qolgan jamoalarda ham xuddi shunday rivojlanish jarayoni ketmoqda. Umuman olganda, mana shu turnir barcha uchun har tomonlama foydali bo‘ladi.

Musobaqa uchun oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?

Oldimizga qo‘yilgan vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi galda yoshlarimizning imkoniyatlarini ko‘rib, chamalab olishimiz kerak. Maqsadimiz ularning rasmiy uchrashuvlardagi harakatlarini tahlil qilish hamda ulardan nima kutayotganimizni uqtirish va tushuntirishdan iborat.

Qaysi jamoani o‘zingiz uchun yaqqol raqib sifatida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

Hozirda qaysidir jamoani o‘zimiz uchun asosiy raqib sifatida ko‘rsata olmayman, chunki, o‘zingiz ham bilasiz, Covid-19 sababli hamma jamoalar o‘z darajasini ko‘rsata olmayapti. Musobaqalar masalasida tanaffus ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shu sababli, aynan qaysidir jamoani mana shu bizning haqiqiy raqibimiz, deb ayta olmayman. Hammada kuch bor, o‘ylashimcha, turnirda to‘rtala jamoa ham o‘z so‘zini ayta oladi.

Barcha jamoalarga omad tilayman.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 00:05, 19.11.2021.
O'qildi: 2040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.