Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Boks hakami bo‘lishni istaysizmi? O‘zbekiston boks federasiyasi katta masshtabdagi tanlovni e’lon qiladi!

Boks hakami bo‘lishni istaysizmi? O‘zbekiston boks federasiyasi katta masshtabdagi tanlovni e’lon qiladi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zingizni boks hakami sifatida tasavvur qila olasizmi? Qachonlardir ringlarda referi sifatida ishlab ko‘rishingiz mumkinligiga ishonasizmi? Unday bo‘lsa, ushbu tanlovimiz sizlar uchun!

O‘zbekiston boks federasiyasi mamlakatimizda hakamlik yo‘nalishini rivojlantirish, xalqaro miqyosida o‘zbek boksi hakamlarining imidjini oshirish maqsadida yangi tanlovni e’lon qiladi.

Nomzodlardan talab qilinadigani - ingliz tilini mukammal bilishi, sport haqida tushunchaga ega bo‘lishi, atletik tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi va eng asosiysi ushbu yo‘nalishga qiziqishidir. Mazkur talablarga to‘g‘ri keladigan yigit-qizlarni hakamlik faoliyatini boshlashga chorlaymiz. Bo‘lajak hakamlar O‘zbekiston boks federasiyasining maxsus komissiyasi bilan suhbatdan so‘ng tanlab olinadi. Ular uchun maxsus seminar tashkil etiladi. Seminarni xorijiy tajribali mutaxassislar olib borishadi. Ma’lum darajaga yetgandan so‘ng, Sizda xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Yana bir qo‘shimcha ma’lumot - hakamlik faoliyatini qo‘shimcha ish sifatida olib borish mumkin. Bu esa asosiy ish joyingizga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Xabaringiz bo‘lsa, Olimpiya o‘yinlarida ham polisiyachi, o‘qituvchi, shifokor va boshqa kasb egalari referi sifatida ishlashgan.

Hakam bo‘lish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan o‘z rezyumelarini +998901176076 telegram raqamiga jo‘natishlarini so‘raymiz.  Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun esa +998970009684 (o‘zbek tili), +998901176076 (rus tili) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. So‘ngra nomzodlardan reja asosida suhbat uchun O‘zbekiston boks federasiyasi binosiga kelishlari so‘raladi. O‘zingiz bilan pasport nusxasi va tarjimai holni olishni unutmang.

Bu yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Fursatni qo‘ldan boy bermang.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 08:48, 19.11.2021.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.