Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Road to Qatar. JCH-2022ning 32 ishtirokchisidan 13 nafari ma’lum. Osiyo debyutanti, Messi uchun so‘ngi imkoniyat va “uchar gollandlar”ning qaytishi

Road to Qatar. JCH-2022ning 32 ishtirokchisidan 13 nafari ma’lum. Osiyo debyutanti, Messi uchun so‘ngi imkoniyat va “uchar gollandlar”ning qaytishi

Baho:
+1 | -

Terma jamoalar uchun yil yakunlandi. Oxirgi kunlarning eng muhim bahslari JCH-2022 saralash uchrashuvlari bo‘ldi. Hozir esa sizlarga mundial yo‘llanmasiga ega chiqqan 13 ta jamoalar haqida ma’lumot beramiz.

1. Qatar (Osiyo) - 2010 yil 2 dekabr

- Qatar terma jamoasi JCH-2022dagi ishtiroki haqida turnir boshlanishiga 12 yil qolganida, ushbu jahon chempionati tashkilotchisi saylovi bo‘lib o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Qatar AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakatlar orasida dunyo birinchiligi musbaqasi mezbonligini qo‘lga kiritdi. 

- Qatar terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. 11 ta JCH saralashining barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

- 2019 yilda Qatar terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritib, Osiyoning eng kuchli jamoasiga aylandi. Osiyo Kubogining avvalgi 11 tasida yarim finalga ham chiqa olmagandi.


2. Germaniya (Evropa) - 2021 yil 11 oktyabr 

- Germaniya JCH-2022 yo‘llanmasini saralash orqali  qo‘lga kiritgan birinchi jamoa hisoblanadi.Nemislar Shimoliy Makedoniya, Ruminiya, Armaniston, Islandiya va Lixtenshteynni ortda qoldirgan holda,o‘z guruhig‘olibiga aylandi va muddatidan avval yo‘llanmaga ega chiqdi.

- Yevro-2020dan keyin murabbiylik Yoaxim Lyov ishdan ketdi va uning o‘rniga Xansi Flik tayinlandi.  Mazkur mundialLyov qatnashmagan16 yil ichidagiilk turnir bo‘ladi. 2006 yilgi jahon chempionatida nemislarni Yurgen Klinsmann boshqargan, shundan so‘ng Yoaxim Germaniya terma jamoasini qatorasiga 9 ta yirik turnirga olib chiqqandi.

- Oldingi jahon chempionatida Germaniya guruhdan chiqa olmagan va turnirning barcha ishtirokchilari orasida yakuniy 23-o‘rinni egallagandi. Bu to‘rt karra jahon chempionining jahon chempionatlarida qatnashish tarixidagi eng yomon natijasidir.

 

3. Daniya (Evropa) - 2021 yil 12 oktyabr

- Daniyaliklar o‘z guruhida Shotlandiya, Isroil, Avstriya, Farer orollari va Moldovani osongina ortda qoldirdi. 

- Kasper Xyulmand jamoasi saralashning dastlabki 8 o‘yinida umumiy 27:0 hisobida g‘alaba qozondi, to‘qqizinchi o‘yinda ham daniyaliklar Farer orollari ustidang‘alaba qozonishdi, ammo ular mazkur saralashdagi ilk golini o‘tkazib yubordi. Oxirgi o‘yindaesa ular shotlandlarga yutqazib qo‘yishdi (0:2).

- Daniya terma jamoasining jahon chempionati final bosqichiga 6 marta yo‘l olgan. Ammo oldingi 5 ta turnirning 4 tasida skandinaviyaliklar pley-offga yo‘l olishdi va 1998 yilgi Jahon chempionatida eng yaxshi natijani qo‘lga kiritishdi. O‘sha musobaqada ular chorak finalgacha chiqishgan va ushbu bosqichda yulduzli Braziliyaga yutqazishdi (2:3).

 

4.Braziliya (Janubiy Amerika) – 2021 yil, 11 noyabr

- Braziliya terma jamoasi JCH final bosqichida ishtirok etishini ta’minlash uchun Janubiy Amerika saralash uchrashuvlaridagi 18 ta o‘yindan 12 tasi yetarli bo‘ldi. Shu kunga qadar KONMEBOL zonasida o‘tkazilgan saralashning 13 o‘yinida braziliyaliklar birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishmagan: 11 g‘alaba va 2 durang.

- Qatardagi jahon chempionati Braziliya terma jamoasi uchun ketma-ket 22-mundialbo‘lib, birorta ham turnirni o‘tkazib yubormagan yagona terma jamoa bo‘lib qolmoqda.

- “Pentakanpionlar” Osiyodagi beshinchi va oxirgi jahon chempionligi g‘olibi hisoblanadi. 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng faqat Yevropa jamoalari g‘alaba qozonishdi.

 

5.Fransiya (Evropa) - 2021 yil, 13 noyabr

- Fransuzlar amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

- Fransiya saralash turniri yakunlanishidan bir tur avval Qozog‘istonni 8:0 hisobida mag‘lub etib, mudial yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Shuningdek, qozoqlardan tashqari ular Ukraina, Finlyandiya, Bosniya va Gersegovinani ham ortda qoldirdilar.

- “Uch ranglilar” ketma-ket yettinchi marta jahon chempionati finaliga chiqishdi, ulardan oldingi oltita turnirning ikkitasida g‘alaba qozonishdi, Didye Desham esa har ikkala g‘alabada ishtirok etdi: 1998 yilda futbolchi va jamoa sardori bo‘lsa, 2018 yilda esa. - bosh murabbiy... U shu hozirgacha bu lavozimni egallab turibdi.

 

6.Belgiya (Evropa) - 2021 yil 13 noyabr

- Belgiya Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatining bronza medallari sovrindorlari.

- Ular saralash turnirida Uels, Chexiya, Estoniya va Belarusiya orasida JCH chiptasini qo‘lga kiritdi.

- Qatardagi jahon chempionati “qizil iblislar” jamoasining “oltin avlodi” uchun oltin medalga ega chiqish uchun so‘nggi imkoniyatdir.

 

7.Xorvatiya (Evropa) - 2021 yil, 14 noyabr

- Oldingi jahon chempionatining kumush medal sovrindorlari.

- Xorvatiya terma jamoasi saralash turnirining final uchrashuvida Rossiya ustidan g‘alaba qozonib (1:0), Qatarga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ular o‘z guruhida Slovakiya, Sloveniya, Kipr va Maltani ortda qoldirdi.

- Ushbu turnir “Oltin to‘p-2018” sohibi Luka Modrich uchun so‘nggi jahon chempionati. Bir yildan so‘ng “Real” va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi 37 yoshga to‘ladi.

 

8.Ispaniya (Evropa) - 2021 yil, 14 noyabr

- Ispaniya terma jamoasi saralashning so‘nggi bosqichida Shvesiyani mag‘lub etib, JCH-2022ga chiqish muammosini hal qildi. “Qizil furiya”ning qolgan raqiblari: Gresiya, Kosovo va Gruziya.

- Luis Enrike shogirdlari ketma-ket 12-jahon chempionatida o‘ynaydi, ispanlar 2010 yilda JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Hozirgi tarkibda faqat bitta jahon chempioni qoldi - Serxio Buskets.

- JCH-2018da Ispaniya terma jamoasini vaqtinchalik murabbiy – Fernando Yerro boshqargan edi, u turnir arafasida “Real” bilan shartnoma imzolangan Xulen Lopetegining o‘rnini egalladi. 1/8 finalda ispanlar sensasion tarzda Rossiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishgandi.

 

9.Serbiya (Evropa) - 2021 yil, 14 noyabr

- Serbiya terma jamoasi saralashning so‘nggi turidagi o‘yinning 90-daqiqasida g‘alaba golini kiritib, Portugaliyadan jahon chempionati yo‘llanmasini tortib oldi. Hal qiluvchi gol muallifi - Aleksandr Mitrovich.

- Birinchi o‘rinni serblar oldi. Guruhdagi boshqa ishtirokchilar Portugaliya, Irlandiya, Lyuksemburg va Ozarbayjon hisoblanadi.

- Serbiya terma jamoasi jahon chempionatlarida hech qachon pley-offga chiqa olmagan, 2010 va 2018 yillarda guruh bosqichidan so‘ng uylariga qaytishgan.

 

10.Angliya (Evropa) - 2021 yil, 15 noyabr

- Qatarga safar qilish uchun inglizlar o‘z guruhida Polsha, Albaniya, Vengriya, Andorra va San-Marino bilan raqobatlashdi.

- Garet Sautgeyt jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga Yevropa saralash bosqichida eng sermahsul jamoa bo‘lib turibdi, “uch sherlar” hozirgacha 39 ta gol urgan, shundan 12 tasini Harri Keyn kiritgan.

- JCH-2018da Angliya yarim finalga chiqdi, Yevro-2020da esa finalda italiyaliklarga mag‘lub bo‘ldi. Ehtimol...

 

11.SHveysariya (Evropa) – 2021 yil, 15 noyabr

- Shveysariya o‘z guruhida italiyaliklarni sensasion tarzda ortda qoldirib, ulardan JCH chiptasini tortib oldi. Shuningdek, ular Shimoliy Irlandiya, Bolgariya va Litvani ham ortda qoldirdilar.

- Shveysariya terma jamoasi ketma-ket beshinchi bor jahon chempionati finali bosqichiga chiqdi. Kichik mamlakat uchun ajoyib natija (aholisi - taxminan 9 million).

 

12. Niderlandiya (Evropa) - 2021 yil 16 noyabr

- Gollandiyaliklar JCH-2018da qatnashmagan, ammo “lolalar yurti” JCH-2022da o‘ynaydi. Ular Yevro-2020 dan keyin o‘z faoliyatida uchinchi marta Niderlandiya jamoasini boshqargan Lui van Gal qo‘l ostida mundial yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Ushbu murabbiy bilan gollandlar 2014 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishgan. 

- Saralash “uchar gollandlar” uchun Turkiyaga qarshi alamli mag‘lubiyat (2:4) bilan boshlagan, ammo keyingi to‘qqizta o‘yinda ular mag‘lubiyatga uchramadi va Turkiya, Norvegiya, Chernogoriya, Latviya va Gibraltarni ortda qoldirgan holda JCH-2022ning 12-ishtirokchisiga aylandi.

- Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Memfis Depay 1 kalendar yili davomida xalqaro turnirlar eng yaxshi to‘purariga aylandi.

 

13.Argentina (Janubiy Amerika) – 2021 yil, 17 noyabr 

- Argentina Qatarga muddatidan avval yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ikkinchi Janubiy Amerika jamoasi hisoblanadi. Ushbu jamoa oxirgi turda Braziliya bilan nursiz durangdan so‘ng yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

- Argentinaliklar ketma-ket 13 marta jahon chempionatida ishtirok etishadi. Oldingi 12 ta turnirdan 4 tasida finalga qadar yetib borgan va ikki marta (JCH-1978 va JCH-1986) g‘alaba qozongan va ikki marta mag‘lub bo‘lgan (JCH-1990 va JCH-2014).

- Mazkur musobaqa terma jamoa sardori Leo Messi uchun jahon chempioni bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin...

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 11:06, 19.11.2021.
O'qildi: 5056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.