Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Benjamin Mendiga 7 ta jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblov qo‘yildi

Benjamin Mendiga 7 ta jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblov qo‘yildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Benjamin Mendi yana ikkita jinsiy zo‘ravonlik ishida ayblanmoqda. Ular avgust oyidan beri unga nisbatan qo‘yilgan beshta ayblovga qo‘shildi: shundan to‘rttasi jinsiy zo‘rlash bilan bog‘liq bo‘lsa, yana biri tegajog‘lik uchun.

Quyida unga nisbatan ochilgan ishlarning asosiy jihatlari keltiriladi:

— Jabrlanganlar (16 yoshdan oshgan to‘rt nafar ayol) futbolchi ularni Cheshirdagi uyida zo‘rlaganini aytgan. Jinoyatlar 2020 yilning oktyabridan 2021 yilning avgustigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan.

— Bu jarayonda Mendining sherigi ham ayblanmoqda. 40 yoshli Lui Saa Matturiga ham xuddi shu ayblovlar qo‘yilgan.

— Hukm 2022 yil 24 yanvarida chiqarilishi kerak, ammo yangi holatlar tufayli sud sanani o‘zgartirishi mumkin.

— O‘tgan oy sud dalillarining jiddiyligini hisobga olib, Mendini uchinchi marta garov evaziga qo‘yib yuborishni rad etdi.

Fransiyalik himoyachi hozirda Liverpuldagi HMP Altcourse qamoqxonasida saqlanmoqda. Futbolchining o‘zi unga qo‘yilgan ayblarni qat’iyan rad etmoqda.

Mendi qamoqxonada ruhiy muammolarga duch kelmoqda. Jamoadoshlari — Grilish va Mahrez esa guvoh sifatida so‘roq qilingan

Benjamin Mendi va uning sherigi huquqlarini Londondagi Hickman&Rose yuridik firmasidan Jenni Uilshir himoya qilmoqda. Garov evaziga ozodlikka chiqish varianti muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin huquqshunos vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. Daily Mail xabariga ko‘ra, ayblanuvchilar ham ko‘p gap aytmagan — ular bir-ikki so‘z kifoyalangan, xolos.

Jarayonning yopiqligi tufayli har qanday tafsilotlarni ajratib olish qiyinchilik tug‘dirmoqda va faqat turli darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan insayderlardangina vaziyat to‘g‘risida ma’lumot olinmoqda. Xususan, The Sun nashri Mendi zo‘ravonlar saqlanayotgan VP-bo‘limiga o‘tkazilganini aytdi. Dastlab Benjamin bundan xursand bo‘lgan, boisi u VIP-mahbuslar saqlanadigan joyda sud jarayonini kutaman deb o‘ylagan. Ushbu voqealar fonida u hatto ruhiy (asabiy) tushkunlikka ham tushib qolgan.

The Telegraph nashrining yozishicha, sud Mendining «Manchester Siti»dagi jamoadoshlari Jek Grilish va Riyod Mahrezni guvoh sifatida so‘roq qilgan. Ular fransuzning uyida birga hordiq chiqargan va ular birgalikda tungi klubga yo‘l olgan. Biroq Benjamin uyiga ularsiz qaytgan.

Benjaminga tuhmat qilinayotganiga ishonish uchun asoslar yo‘q. Bundan tashqari, futbolchining obro‘siga ancha oldin putur yetib bo‘lgan, u bungacha ham bir necha bor mojarolarga aralashishga ulgurgan. Bundan bir yil oldin polisiya Mendini lisenziya va sug‘urtasiz avtomobil boshqargani uchun uni hibsga olib, 500 ming yevrolik mashinasini musodara qilgan. O‘shanda u jarima bilan qutilgandi.

2020 yil boshida Benjamin shartli qamoq jazosini olgan: u karantin vaqtida lokdaun qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgan va uyda ziyofatlar uyushtirgan. Qo‘shnilar esa kuchli shovqin va uyda pirotexnika vositalaridan foydalanilayotganidan shikoyat qilgan.

«Manchester Siti» klub do‘konidan Mendining barcha tovarlarini olib tashladi

Avgust oyida, Mendiga birinchi ayblov qo‘yilganida, «Manchester Siti» darhol futbolchini mashg‘ulotlardan chetlatdi va quyidagicha rasmiy bayonot berdi: «Chetlatish tergov davomida amalda bo‘ladi. Tergov tugaguniga qadar boshqa izoh bermaymiz». Xuddi shu holatni Fransiya futbol federasiyasi ham qo‘lladi.

Keyinchalik klub Benjamin bilan bog‘liq barcha tovarlarni internet-do‘kondan o‘chirib tashladi. Agar saytdagi qidiruv tugmasida uning familiyasi terilsa, foydalanuvchi bosh sahifaga yo‘naltirib yuboriladi.

Electronic Arts Sports ham o‘yinchiga nisbatan sanksiya qo‘lladi, video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Mendining kartasini FIFA 22 rejimidan olib tashladi. Biroq u hali ham Ultimate Team’da mavjud. Studiya hali bu qarorga rasman izoh bergani yo‘q.

Garchi uch yil oldin (2018 yili) u Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, jinsiy zo‘ravonlikdan oldin «Siti» Benjamin Mendining transferini muvaffaqiyatsiz deb tan olgandi.

— Uch yil ichida uning bozor qiymati 35 million yevroga tushib ketdi. U 57,7 million yevroga sotib olingandi — 2017 yilda bu miqdor himoyachi uchun rekord summa bo‘lgan.

— «Manchester Siti»da Mendi avgust oyigacha 16 ta jarohat olib, 123 o‘yin yoki 727 kunni o‘tkazib yubordi.

— Murabbiylar shtabi muntazam ravishda uni tartibsizlik, mashg‘ulotlarga kechikish va ularga beparvo munosabatda bo‘lishda ayblardi.

— 2018 yilda Gvardiola fransiyalik futbolchini mashg‘ulotlarga kech qolgani uchun yaxshigina koyib bergan. O‘shanda Mendi Aleksandr Povetkin—Entoni Joshua jangini tomosha qilish uchun Londonga uchib ketgandi.

— 2020 yili Goal quyidagicha ma’lumot tarqatdi: Pep Gvardiola jamoa a’zolariga omma oldida ularni qo‘llab-quvvatlashini aytib, kiyinish xonasida hamma narsa ochiqchasiga bo‘lishini ma’lum qilgan. Va o‘shanda birinchi nishon tiklanish jarayonlariga naq uch soat kechikib kelgan Mendi bo‘lgan.

Gvardiola u bilan ko‘p marotaba axloqiy suhbatlar o‘tkazgan. Mutaxassis ularda undan asosiy e’tiborini ko‘ngilochar narsalar va ijtimoiy tarmoqlarga emas, balki futbolga qaratishni so‘ragan. Biroq bu hech qanday natija bermagan.

Angliyadagi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi qonunning birinchi moddasiga ko‘ra, zo‘rlash uch qismga bo‘linadi. Turli sharoitlarda ayblanuvchi 10 yildan to umrbod muddatgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Benjamin Mendi ishida og‘irlashtiruvchi omil bor — u bir vaqtda bir qator jinsiy zo‘ravonliklarda ayblanmoqda. Bundan tashqari, bu ishda uning sherigi ham bor. Hozircha hamma narsa muddat aniq 10 yildan ortiq bo‘lishiga qarab ketmoqda. Mahalliy OAV esa 15 yil va undan ko‘proq muddat haqida yozmoqda. Ammo har qanday holatda ham, yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan sud qarorini kutish to‘g‘ri bo‘ladi.

Uning jamoasi hozirda samarali ish olib bormoqda — himoya qiluvchi tomon birdaniga uch nafar guvohni topgan, ular futbolchining aybsizligi haqida guvohlik bergan. Gap 22 yoshli Annabel, 23 yoshli Matilda va 32 yoshli Daviya haqida ketmoqda. Matilda matbuot bilan ham muloqot qilishga ulgurdi: «Men Benjaminning ayollarga nisbatan shafqatsiz, yomon yoki hurmatsizlik qilganini hech qachon ko‘rmaganman. Aksincha, u har doim hammaga qulay bo‘lishini xohlaydi».

Benjamin faqat Jenni Uilshirning malakasiga umid qilishi mumkin, u sudni yengillashtiruvchi holatlarga ishontirishga harakat qiladi: alkogol yoki giyohvand moddalar, depressiya yo shunga o‘xshash narsalarni o‘ylab topishi kerak. Ularsiz Mendining katta muddat olish «imkoniyati» kundan-kunga oshib boraveradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:08, 19.11.2021.
O'qildi: 5957 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.