Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Mashhur futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi?

Mashhur futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi?

Baho:
+ | -

Futbol ba’zida jasorat va chidamlilik talab qiladi. Ko‘pchilik futbolchilarni jasurligini alohida ta’kidlab o‘tsa arziydi. Lekin biz ularni faqat futbol ichida shunday deb bilamiz. Futboldan tashqari hayotda ularga qo‘rquv olib keladigan narsalar bor ekanligi tabiiy. Biz yaxshi taniydigan ba’zi bir futbolchilarning qo‘rqadigan narsalari juda g‘alati. Keling ular bilan birma-bir tanishib o‘tamiz.

Dennis Bergkamp
Futbol olamidagi o‘ziga xos o‘yinchi, "Arsenal" afsonasi Bergkamp yagona "uchmas golland" hisoblanadi. Dennisning eng ko‘p qo‘rqadigan narsasi bu - samolyotda uchish. U imkoni boricha bu narsadan foydalanmaslikka harakat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, Premyer liga tarixidagi eng chiroyli gol muallifi, futbol olamida ko‘p marotaba parvoz qilgan.

Ueyn Runi
Angliya hamda " Manchester Yunayted" afsonaviy futbolchisi Ueyn Runi soch quritgichdan qo‘rqishi haqida eshitgan har bir odamning yuzlariga tabassum yuguradi. Futbolda qo‘rqmas va haqiqiy jangi rollarini qoyilmaqom bajargan Runi futboldan tashqari hayotda arzimas buyumdan qo‘rqishini tushunish qiyin.

Fil Jons
"Manchester Yunayted" ning yana bir futbolchisi Fil Jonsning ham o‘zgacha qo‘rquvi bor. Himoyachining qo‘rqinchli tushlarini egallagan narsa - lift. Ingliz himoyachisi uchun liftdan ko‘tarilish g‘oyat mushkul masala. Ammo ba’zan, ko‘p qavatli binolarda Jons "qahramonlarcha" qo‘rquvini yengishga erisha oladi.

Devid Bekxem
Yana bir sobiq superyulduz - Devid Bekxemning qo‘rquvlari, qaysidir ma’noda , asosli. Angliyalik o‘yinchi - yovvoyi qurbaqalardan qo‘rqadi. Ingliz ko‘rsatuvi doirasida, Amazonka daryolariga bo‘lgan sayohatida Bekxemning o‘zi bu haqida aytib o‘tgan edi: "Qurbaqalar men uchun shunchaki qo‘rqinchli! Yolg‘on gapirishni istamayman".

Olivye Jiru
"Arsenal" va "Chelsi" jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga tanish bo‘lgan Jiruni daxshatga soluvchi narsalardan biri - Elf. Aniqrog‘i, fransuz yoshligidan buyon bolalar televizion ko‘rsatuvining qahramoni bo‘lmish elfdan qo‘rqadi. Fransiyada 80-yillarning eng mashhur ko‘rsatuvi qahramonidan qo‘rqishning sababi so‘ralganda, Jiru: "akalarim aynan shu qahramon haqida qo‘rqinchi hikoyalar aytib berardi"-deb javob qaytargan.

Mett Holland
Faoliyatini katta qismini o‘rtamiyona klublarda o‘tkazgan irlandiyalik futbolchi mushuk va itlar dan qo‘rqishi yaqin yillargacha memlarda aks etdi. Futbolchi fobiyasi haqida shunday deydi:"Itlar - daxshatli! Mening uyimda it boqilmaydi." Har kimda o‘ziga daxshat olib keluvchi biror narsa bo‘lishi mumkin, ammo buni hech kim it va mushuk ko‘rinishida tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak, albatta, Hollanddan tashqari.

Bu noodatiy narsalar qo‘rquv olib keladigan bir nechta futbolchilar edi. Balkim bu narsalar ular uchun ramziy ma’no olib kelar, bizga noma’lum. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz ularni futbolda jasur va qo‘rqmas qahramonlar sifatida ko‘p marotaba ko‘rganmiz.

Xo‘sh, sizda shunga o‘xshash qanday qo‘rquvlar bor? 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:12, 19.11.2021.
O'qildi: 3136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик