Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Toshkent 2025 yil yoshlar o'rtasida Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Toshkent 2025 yil yoshlar o'rtasida Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatimiz tomonidan alohida etibor qaratilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning imzolanishi va uning asosida mamlakatimizda Paralimpiya qo‘mitasining tashkil etilishi paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi uchun yo‘l ochib berdi.

Sportning bu yo‘nalishiga ko‘rastilayotgan e’tibor natijasida 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida Paraosiyo o‘yinlariga Toshkent ilk bor mezbonlik qiladi. Bu haqda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid tomonidan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi nomiga yuborilgan xatda ma’lum qilingan.

Joriy yilning may oyida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid yurtimizga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov faxriy mehmon bilan uchrashib, 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida Paraosiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazish taklifini ilgari surgandi.

Kuni kecha Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi bu borada o‘zining yakuniy qarorini e’lon qildi va unga ko‘ra, 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida Paraosiyo o‘yinlari mezbonligi Toshkentga taqdim etildi.

Ta’kidlash lozim, 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida IV Paraosiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun qit’amizning bir qator yetakchi davlatlari da’vogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Toshkent shahri nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatimizda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga shaxsan yurtboshimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligi, bu borada maxsus qaror imzolanib, jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilayotgani yakunda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Darvoqe, yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons ham O‘zbekiston Paralimpiya sport turlari bo‘yicha eng nufuzli musobaqalarni qabul qilish salohiyatiga ega ekanligi va yaqin kelajakda yurtimizda yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan edi.

E’tiborlisi, shu paytga qadar hech qaysi davlat tomonidan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ketlikda o‘tkazilmagan. 2025 yilda Toshkent shahri yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish orqali yirik kompleks musobaqalarni qabul qilish borasida yana bir imtihondan o‘tadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 22:13, 19.11.2021.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик