Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni ayol bo‘lmasligi mumkin. Iordaniya futbol assosiasiyasi undan ayolligini isbotlashni talab qilmoqda

Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni ayol bo‘lmasligi mumkin. Iordaniya futbol assosiasiyasi undan ayolligini isbotlashni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni Zohre Koudai Osiyo Kubogi saralashi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Iordaniyaga qarshi o‘yinda ikkita penaltini bartaraf etdi, ammo u buning evaziga munosib maqtov eshitish o‘rniga gender mojarosiga o‘ralashib qoldi.

Iordaniya futbol assosiasiyasi darvozabon Koudaidan jinsini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishni so‘radi. Aks holda esa FIFAning sobiq vise-prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasi rahbari Ali bin Al-Husayn bu ish bilan jiddiy shug‘ullanishini ma’lum qilgan.

«Tushuning, jinsni tekshirish majburiy emas, ammo Osiyo futbol konfederasiyasi ma’lum o‘yinchiga nisbatan boshqa mamlakatlarda shubha tug‘ilsa, tekshiruv o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish huquqiga ega. Biz shaffoflik va aniqlik so‘rayapmiz. Eron jamoasining ushbu futbolchisi qolgan o‘yinchilar bilan o‘xshash yoki yo‘qligini aniqlash uchun mustaqil tibbiy ekspertlar guruhi tomonidan test o‘tkazilsin. Bor gap shu», — deb yozadi Al-Husayn Twitter sahifasiga joylashtirgan ochiq maktubida.

Eron esa holatga darhol javob qaytardi.

«Bularning barchasi alamli mag‘lubiyat tufayli sodir bo‘layotgani menga yaxshi ayon. Biz Zohrega ishonamiz. Xodimlarimiz bu kabi muammolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun terma jamoadagi har bir futbolchining gormonlarini doimiy tekshirib boradi. Biz tarafdan Osiyo futbol konfederasiyasiga har qanday hujjatlar taqdim etiladi», — deydi ishonch bilan milliy terma jamoa ustozi Maryam Erondost.

Nima bo‘lganda ham iordaniyaliklarda shubhalanish uchun sabablar bor, boisi Eron ayollar jamoasi atrofida avvaldan gender mojarolari bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. 2014 yilda ayollar jamoasidan naq to‘rt nafar futbolchi erkak bo‘lib chiqqandi. Tendensiya kelasi yilda ham davom etgan: tarkibdan yana jinsini o‘zgartirish operasiyasini o‘tkazishga ulgurmagan erkaklar topilgan — bu safar ularning soni sakkiz nafarni tashkil qiladi.

Albatta, o‘shanda ham Eron hamma faktlarni rad etgan. Biroq bu yordam bermagandi: Eron futbol federasiyasi jarimaga tortiladi, aybdor futbolchilar esa umrbod muddatga ayollar futbolidan chetlashtirilgan.

«Jamoamizning barcha a’zolari — muhtaram sportchi qizlar va go‘zallardir. Bu sport vaziri janob Mahmud Guderzi bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvdan olingan suratda ham ko‘ringan. Bu ayblovlar hech qanday asosga ega emas va haqoratomuzdir», — deb yozgandi Eronning asosiy gazetalaridan biri Hamshahri.

Ammo hozir eronliklar uchun hammasi yaxshi ketmoqda: Zohre butun dunyoda qo‘llab-quvvatlanmoqda, Ispaniyaning mashhur Marca gazetasi esa allaqachon u bilan intervyu olish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. Shunday ekan, iordaniyaliklar eronlik darvozabonning ajoyib o‘yin ko‘rsatganidan alamzada bo‘lgani haqidagi taxmin ham to‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin.

Shuningdek, Zohre Koudaining o‘zi ham holatga munosabat bildirar ekan, ayol ekanini ta’kidlab, Iordaniya futbol federasiyasini bu ishi uchun sudga berishini ma’lum qildi.

«Iordaniya futbol federasiyasini sudga beraman. Men ayolman. Bu Iordaniya tomonidan qilingan haqoratdir», — deydi Koudai.

Ma’lumot uchun, Eron va Iordaniya terma jamoasi Toshkentda markazlashgan tizimda o‘tkazilgan Osiyo Kubogi saralashi doirasida 25 sentyabr kuni to‘qnash keldi. Uchrashuvda eronliklar penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Bu g‘alaba evaziga eronliklar guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo Kubogiga yo‘llanma olgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 19.11.2021.
O'qildi: 7035 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.