Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo yana janjallashib qoldi

Mourinyo yana janjallashib qoldi

Baho:
+ | -

Avvalroq, murabbiy Joze Mourinyo mashg‘ulotlar paytida bir futbolchisi bilan janjallashib qolgani aytilgandi. Yaqinda chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik yana bir “bo‘rilar” futbolchisi bilan janjallashib qolgani aytilmoqda. 

Gap portugaliyalik mutaxassis matbuotda bir necha bor maqtagan Nikolo Zanyolo haqida ketmoqda. “Corriere dello Sport” nashri jurnalistlarining fikricha, murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi tushunmovchilik futbolchining jamoadagi o‘rni tufayli yuzaga kelgan.

Manbaga ko‘ra, mashg‘ulotlardan birida Zanyolo Mourinoga o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon etishiga imkon bermay, undan noto‘g‘ri foydalanayotganini aytgan. U “Venesiya”ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibda tushmaganidan norozi edi.

Biroq, ma’lum bo‘lishicha, mojaro yakkama-yakka suhbatda hal etilgani taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 22:57, 20.11.2021.
O'qildi: 3879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик