Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Temur Kapadze: «O‘tish o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»

Temur Kapadze: «O‘tish o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»

Baho:
+ | -

Pro-liganing 24-turidan o‘rin olgan «Nurafshon» - «Olimpik» (3:2) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Qo‘lga kiritilgan 3-o‘rin uchun jamoamiz a’zolari va muxlislarini tabriklayman. Superligaga o‘tish o‘yinida ishtirok etamiz. «Nurafshon» o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ygan klub, shu sabab bugungi o‘yin oson o‘tmasligini bilardik. Ularga kelgusida omad yor bo‘lishini tilayman.

Bu kabi o‘yinlar bizga katta tajriba bermoqda. Bugun g‘alaba uchun kelgandik va buning uchun oxirigacha harakat qildik. Yigitlar bunaqa o‘yinlar orqali ham ruhan, ham jismonan o‘sib borishadi. O‘tish o‘yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz. Superliga oxirgi turida raqibimizni bilib olamiz.

— Mavsumdan qay darajada ko‘nglingiz to‘ldi?
— Bizda yosh yigitlar bor edi va maqsadimiz ularni yanada yuqori darajaga olib chiqish bo‘lgan. Yosh futbolchilar o‘sayotgan davrda ularni kuchli futbolchi sifatida kamol toptirish uchun shu kabi chempionatdagi ishtirok qo‘l keldi albatta. O‘ylayman-ki, biz maqsadimizga erishdik.

“Oq-tepa" jamoasining Pro-ligani tark etishi evaziga biz 6 ochko yo‘qotdik. Bundan tashqari o‘yinlar soni ham kamayib qoldi. To‘g‘ri, kubok uchrashuvlarida ham ishtirok etdik va o‘zimiz uchun muhim o‘yinlarni o‘tkazdik deb o‘ylayman.

— O‘tish o‘yinida qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishni istagan bo‘lardingiz?
— Hozir Superligada jiddiy kurash kechmoqda. Barchasi so‘ngi turda hal bo‘ladi. Kim raqib bo‘lsa ham 2 dekabr kuni muxlislar chiroyli o‘yin ko‘rishadi deb o‘ylayman. To‘g‘ri, orada bizda bir oz tanaffus bo‘ladi, lekin bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 20:09, 21.11.2021.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.