“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Donni van de Bek “Barselona”ga o‘tmaydi. “Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, futbolchining transferiga “ko‘k-anorranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes to‘sqinlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar safida futbolchi umuman o‘yin vaqtini olmaydi, shuning uchun u klubi ro‘yxatini o‘zgartirishga qarshi emas.
Xavi “Barselona” rahbariyatiga klub yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga hojat yo‘qligini ma’lum qildi. Klubga himoya va hujumda harakat qiladigan futbolchilar transferlar kerak.