Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Zaynab Dayibekova: “Endi birinchi o‘rindan tushmaymiz”

Zaynab Dayibekova: “Endi birinchi o‘rindan tushmaymiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

20-21 noyabr kunlari Toshkent mezbonligida o‘tgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida qizlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, ham yakkalik, ham juftlik yo‘nalishida g‘alaba qozonishdi. Bugun MOQda ularning zafarlari munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova, terma jamoamiz murabbiyi, 3 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Vladimir Nazlimov, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan qilichbozlarimiz, yosh sportchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida Zaynab Dayibekova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

Musobaqada yakkalik bahslaridan ko‘ra jamoaviy dastur qiyin bo‘ldi. Negaki, unda bir o‘zimiz emas, jamoamiz sha’ni uchun ham jang qilamiz. Avvalgi musobaqalarda jamoaviy dasturda hech qachon birinchi bo‘lmagan edik. Bu galgi g‘alabamiz bizga yanada kuch berdi. Endi bu o‘rindan hech qachon tushmaslik uchun harakat qilamiz. Shu o‘rinda bizga shug‘ullanishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan davlatimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman."

Shuningdek, jamoa murabbiyi Vladimir Nazlimov hozirgi avlod kelajakda jahonning eng kuchli sportchilari bo‘lishiga umid bildirayotganini ta’kidladi.

Hozir federasiyamizda bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatingizda yaratilgan sharoitlar dunyoning barcha davlatlarida ham yo‘q. Faqat yetakchi sport derjavalarida uchratish mumkin. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga yetishish faqat o‘zimizga bog‘liq”, – dedi 3 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni V.Nazlimov.

Anjuman davomida jurnalistlar jamoamizning oldindagi rejalari, musobaqa taassurotlari va boshqa mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 06:43, 24.11.2021.
O'qildi: 1904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.