Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Mourinyoning “Roma”dagi sarguzashti tugadimi yoxud portugaliyalikning keyingi manzili qayer bo‘ladi?

Mourinyoning “Roma”dagi sarguzashti tugadimi yoxud portugaliyalikning keyingi manzili qayer bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo – o‘zi ishlagan “Portu”, “Inter”, “Real Madrid”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari bilan erishgan barcha yutuqlarining deyarli hammasini ikkinchi yilda qo‘lga kiritgan (“Tottenxem”dan tashqari).

Mourinyoga fe’l-atvori tufayli boshqacha munosabatda bo‘lishingiz mumkin, lekin nega portugaliyalikning top-murabbiylar ro‘yxatida ekanligi bilan faqat ahmoqgina bahslasha oladi. “Special One”ning tajribasi o‘z-o‘zidan dalolat beradi. Dunyodagi millionlab mutaxassislar juda ko‘p sovrinlarga ega Joze kabi bo‘lishni orzu qiladi. So‘nggi yillarda uning faoliyati pasayish tendensiyasida bo‘lsa-da, Mourinyo top murabbiy bo‘lib qolmoqda. Portugaliyalik klubga Liga kubogi va Yevropa ligasi sovrinlarini olib kelgan taqdirda ham MYUni yuqori saviyaga qaytara olmadi. Ammo, Shimoliy Londonga sovrinlar uchun taklif qilingan Mourinyo “Tottenxem”ga hech qanday sovrin yutishga yordam bermadi.

 

O‘tgan yozda Joze Mourinyo “Roma”da yangi sarguzashtni boshladi. Jamoa joriy mavsumni ketma-ket oltita g‘alaba bilan boshladi va ehtimol, Mourinyo bir qancha klublardagi omadsizliklardan so‘ng, nihoyat muvaffaqiyat qozonadigan joyni topgandek tuyuldi. Biroq, natijalar tezda o‘zgarib ketdi va uning jamoasi ko‘ngildagi kabi o‘yin namoyish etmay qoldi. Klubga katta transferlar kerakligini ta’kidlashdan charchamagan Jozeni yana avvalgiday bahona qilishni boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik “Roma” sport direktori Tiago Pinto bilan mojaroga uchragan. Mourinyo va  Rim klubi o‘rtasidagi ittifoq uzoq davom etmaydi degan xabarlar tarqaldi.

 

“Special One” qayerga boradi?

 

Mourinyo va “Nyukasl” nomlari OAV orqali tez-tez tilga olinishni boshladi. Yaqinda Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi boshchiligidagi konsorsium tomonidan sotib olingan ingliz klubi o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yganini taxmin qilish mumkin. “Qarg‘alar”ning yangi yetakchilarining moliyaviy imkoniyatlari kelajakda Angliya va Yevropada yangi top-klub paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. “Nyukasl” allaqachon eng kuchli futbolchilarni sotib olish uchun kurashish niyati haqida gapirgan, biroq birinchi navbatda klub infratuzilmani yaxshilamoqchi.

“Nyukasl” va Joze Mourino – mukammal tandem. Portugaliyalik murabbiy qimmat xaridlarga ishonishi mumkin bo‘lgan klubga ega bo‘ladi. Aynan shu narsa oxirgi yillarda Jozega yetishmayapti. Shu bilan birga, bu yerda xech kim tezda Mourinyodan natija talab qilmaydi, chunki “Nyukasl” shakllanish davrida bir mavsumdan ko‘proq vaqt o‘tkazadi. Keng imkoniyatlar, bosim yo‘q va uzoq muddatda “Nyukasl”ni katta jamoaga aylantiradigan murabbiy bo‘lish imkoniyati. Jozibali, to‘g‘rimi?

Ehtimol, bularning barchasi Mourinyo o‘zi ishlagan Angliyadagi uchta klub rahbarlariga nimanidir isbotlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

“Nyukasl” esa o‘z navbatida nafaqat top-murabbiy, balki futbol olamidan katta figurani jamoaga olib keladi. Joze Mourinyo OAV va jamoatchilik uchun haqiqiy magnitdir. O‘zining uzoq yo‘lini endi boshlayotgan klub uchun shunday murabbiyning bo‘lishi ajoyib natijalarga sabab bo‘lishi mumkin. Mourinyo boshqaruvida bo‘lsa, “Nyukasl”ga qiziqish ancha yuqori bo‘ladi.

Eddi Xou yaqinda “qarg‘alar” bosh murabbiyiga aylandi. Bu “Bornmut”dagi  muvaffaqiyatli faoliyati bilan tanilgan yosh mutaxassis. U to‘rtinchi diviziondan Premyer-ligadagi debyutigacha jamoa bilan yo‘l bosib o‘tgan. “Giloslar” besh mavsumni ingliz futboli elitasida o‘tkazdi.

Xou – ajoyib mutaxassis. Hozir o‘zi uchun juda tanish sharoitda, chunki “Nyukasl” elitada qolish uchun jon saqlab qolish maqsadida kurashmoqda. Ammo Xou yaqin yillarda “qarg‘alar” o‘z oldiga qo‘yadigan yuqori maqsadlarga erishadimi? Ajoyib savol. “Nyukasl”ga jiddiyroq maqsadlarda murabbiy kerak bo‘lsa, ular Joze Mourinyoga murojaat qilishlari mumkin. Bir necha hafta oldin portugaliyalik mutaxassis “Nyukasl”ning natijalari va klubdagi o‘zgarishlarga befarq emasligini aytgandi. Balki, Mourinyo shu tariqa klubning yangi xo‘jayinlari e’tiboriga tushishga harakat qilgandir?

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:17, 24.11.2021.
O'qildi: 11656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.