Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Xavi “Barselona”da nimalarni o‘zgartirdi?

Xavi “Barselona”da nimalarni o‘zgartirdi?

Baho:
+ | -

“Barselona” afsonasi Xavi klubga bosh murabbiy sifatida qaytdi. Ispaniyalik“ko‘k-anorranglilar” uchun qiyin paytda jamoaga keldi. Ernandes klubni kuchaytirish ishlarini darhol boshlab yuborgan ko‘rinadi, sababi jamoada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va jamoada umumiy intizom o‘rnatildi. “Stadion.uz” nashri Xavining murabbiylik boshqaruviga kelishi bilan “Barselona”da sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot beradi.

O‘tgan dam olish kuni“Barselona”“Espanyol” ustidan g‘alaba qozondi (1:0). Mutaxassisushbu bahsda bosimga duch keldi, ammo bunday muhim holatda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi. Xavining bosh murabbiy etib tayinlanishini Yurgen Kloppning “Liverpul”ga kelishi bilan solishtirish mumkin. Bundan bir necha yillar oldin nemis mutaxassisi ham butunlay qayta ishga tushirishga muhtoj bo‘lgan klubni qabul qilgan edi. Xavi birinchi kunlardanoq aynan shunday yo‘l tutdi. Murabbiylar shtabi shaxsan nazorat qiladigan qoidalar joriy etildi. Masalan, futbolchilar mashg‘ulotlar boshlanishidan bir yarim soat oldin klub bazasida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, agar o‘yinga 48 soatdan kam vaqt qolgan bo‘lsa, futbolchilarga ortiqcha ko‘chada yurmasligi va uyida qolishi kerakligi aytildi. Shuningdek, ular diyetologning tavsiyalariga rioya qilgan holda ovqatlanishlari shart. Qayd etish joizki, Xavi futbolchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlarini ham nazorat qilmoqchi. Uning fikricha, tarmoqda o‘ta faol bo‘lish, o‘yinchini mashg‘ulotdan chalg‘itadi.

 

Murabbiy birinchi matbuot anjumanida avvalo intizom va qoidalarni o‘rnatish kerakligini, shundan keyingina hujum va himoya haqida gapirish mumkinligini aytdi. Dastlabki kunlarda Xavini tartiblariga rioya qilmagan yagona futbolchi bu – Usmon Dembele. Fransuz avvaliga mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelmagan, keyin esa jadvalini chalkashtirib, mashg‘ulotga kelmagan. Qizig‘i shundaki, yangi murabbiy  aynanUsmondan jamoa yetakchisi bo‘ladi debumid qilmoqda. Dembele va boshqa futbolchilar jarohat sabab tez-tez kasalxonaga tushib qolishlarini inobatga olib, Xavi “Barselona”ning tibbiy shtab-kvartirasi rahbari Ramon Kanalni ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Bunday qaror taklif qilinayotgan birinchi yil emas, chunki kataloniyalik futbolchilar doimiy ravishda mushaklardagi jarohatlar va residivlardan aziyat chekib kelmoqda.

 

Xavi futbolchilarga g‘alabalar mentalitetini qaytarish niyatida ekanligini aytdi. Ko‘p yillar davomida “Barsa” raqiblarini daxshatga soladigan klub sifatida aytilib kelingan. Bir necha yil oldin “Barselona” “Selta”ni 3:0 hisobida mag‘lub eta turib, yakunda 3:3 hisobida durang o‘ynashigi tasavvur qilish qiyin edi. Biroq Kuman boshchiligida “ko‘k-anorranglilar” buning imkoni borligini isbotladi. Xavi Jordi Alba, Serxio Buskets va Jerard Pikening tajribasiga katta ishonch bildirmoqda. Sababi, sobiq futbolchi ular bilan bir jamoada to‘p tepgan va ko‘plab sovrinlar yutgan. Shu bilan birga, murabbiy ularga avvalgi xizmatlari uchun harakat qilmasligi, hamma bilan teng ravishda mashg‘ulotlarda qatnashishi kerakligini ma’lum qildi.

 

Taktikaga kelsak, yangi murabbiy aniq javob bermadi. Xavining fikricha, jamoa qanday sxema bo‘yicha o‘ynashi unchalik muhim emas, chunki futbolchilar talab va uslubni tushunsa, har qanday taktik sxemaga moslashib keta oladi. Ya’ni, mutaxassis dominant uslubni qaytarish zaruratini futbolchilardan talab qilmaydi. Hozirda Xavi uchun Valverde va Setyen davrida umuman bo‘lmagan tartib-intizom muhimroq. U  yoshlarning rivojlanishiga va kelajakda jamoaga katta yordam berishiga umid qilmoqda. “Kataloniya derbisi”da Gavi, Erik Garsiya va Nikodan tashqari asosiy tarkibning 17 yoshli yangi o‘yinchisi Ilyos Axomash ham maydonga tushib, qanotdagi raqiblarni dribling orqali ortda qoldirdi. Aftidan, Dembeledan tashqari barcha futbolchilar murabbiy qattiq intizom boshlayotganini allaqachon anglab yetgandek ko‘rinadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayrladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:29, 24.11.2021.
O'qildi: 5989 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.