Xabaringiz bor, “Barselona”ning 18 yoshli ispaniyalik futbolchisi Pedri Italiyaning “Tuttosport” nashri tomonidan Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan “Golden Boy” mukofotiga ega chiqdi. Katloniya klubi a’zosi mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan 19-futbolchi bo‘ldi. Pedri ushbu mukofotni 15 dekabr kuni Turinda bo‘lib o‘tadigan marosimda qabul qilib oladi. Shu munosabat bilan mazkur sovringa ega chiqqan 18 nafar futbolchini kimlar qo‘lga kiritgani haqida eslashga qaror qildik.
2020. Erling Holand
Norvegiyalik yosh hujumchining faoliyati hali unchalik ko‘p yutuqlarga erishmagangan. Ammo, uning muvaffaqiyatli yillari oldinda. Chunki, hozirda Holandga PSJ va “Real” boshchiligidagi ko‘plab gigant klublar “sovchi qo‘yishmoqda”. Erling katta ehtimol bilan mavsum so‘nggida jamoadan ketadi. U o‘tgan mavsumda “Borussiya D” safida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan. Norvegiyalik dortmundliklar safida 69 uchrashuvda maydonga tushib, 70 ta gol va 19 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Statistikalardan ko‘rinib turibdiki, Erling yaqin kelajakda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi.
2019. Joau Felish
Holand singari, Felishning ham futbolda katta cho‘qqilarni zabt etish uchun ko‘p vaqti bor. Bu “Atletiko Madrid” tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lib, “matraschilar” portugaliyalik futbolchi uchun 126 million yevro to‘lagan. Biroq, u “Atletiko”da kutilgan kabi o‘yin namoyish etmayapti. Ammo, u o‘z o‘yinini namoyish eta olsa, Madrid klubiga keragidanda ko‘proq narsa bera oladi.
2018. Matteys de Ligt
“Ayaks” tarixidagi eng yosh sardor va Gollandiyaning asosiy tarkibidagi almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi. Bugungi kunda Matteys dunyodagi eng istiqbolli himoyachilardan biri bo‘lib qolmoqda. U o‘yinni a’lo darajada o‘qiydi, yaxshi pas beradi, jismonan kuchli va aqliy futbol o‘ynashga harakat qiladi. Ammo, u “Golden Boy” mukofotini aynan amsterdamliklar safida ko‘rsatgan o‘yinlari evaziga qo‘lga kiritgan. Ammo, “Yuventus”da u o‘z o‘yinini namoyish eta olmayapti.
2017. Kilian Mbappe
Fransuz hali yosh, ammo shunga qaramay, u allaqachon Yevropa va jahon miqyosidagi yulduz futbolchi hisoblanadi. 2018 yilda Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi, PSJ safida esa bir necha bor Fransiya chempionlik unvonlari, kubok va superkuboklarni qo‘lga kiritdi. Agar, Kilian shu tempda davom etsa, yaqin kelajakda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiriti ham mumkin.
2016. Renatu Sanches
Portugaliya terma jamoasi va “Lill”ning 24 yoshli yarimhimoyachini buyuk kelajak kutayotganini taxmin qilishgandi. Ammo, 2016 yildan so‘ng uning o‘yinida biroz pasayish bo‘ldi. Ammo, Renatu “Lill” safida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda va o‘tgan mavsumda Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning eng yaxshi darajasiga qaytish uchun hali vaqti bor. Sababi, yana ko‘plab grand klublar Sanchesni sotib olishga harakat qilibko‘rmoqda. Katta, ehtimol bilan portugaliyalik qishda, yoki mavsum so‘nggida “Lill”ni tark etadi.
2015. Entoni Marsyal
2015 yil sentyabrida “Manchester Yunayted” Fransiyaning “Monako” klubi futbolchisi Marsyal uchun 36 million funt sterling to‘lagan, bu o‘sha paytda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchi uchun rekord summa hisoblanardi. Qolaversa, uning transfer summasi ma’lum shartlarda 58 million funt sterlinggacha ko‘tarilishi mumkin. Daxshat! Antoni vaqti-vaqti bilan xarid qilingan pulni oqladi. Biroq, u hozirda muxlisar taxmin qilgandek futbolchi emas va o‘rtamiyonalar qatorida turadi.
2014. Rahim Sterling
Sterlingning taqdiri Marsyalnikiga biroz o‘xshab ketadi. Ingliz futbolchisi ham yetarlicha jamoaviy kubok va sovrinlarga ega, biroq individual tarzda u allaqachon teskari yo‘nalishda harakat qilayotganga o‘xshaydi. Yorqin dalil sifatida esa oxirgi 5-6 yil ichida Sterling ismi hech qanday individual sovrilar qatorida e’tirof etilmayotganini aytishimiz mumkin. Yaqin vaqt ichida uning “Manchester Siti”ni tark etishi haqidagi mish-mishlar OAV orqali tilga olinmoqda. Ko‘ramiz, boshqa jamoaga o‘tish, Rahim uchun omadli kelar.
2013 yil. Pol Pogba
Fransuz hech qachon orzusidagi futbolchiga aylanmagan va uning faoliyatining ko‘p qismida bunday yuqori saviyada o‘ynagan deb bo‘lmaydi. Pol “Manchester Yunayted”ni Aleks Fergyuson boshqarayotgan paytda jamoaning yuragiga aylanishi qiyin edi. Shu sabab, Pogba Manchesterni Turinga almashtirishga qaror qildi. Ha, pleymeker “Yuventus” safida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va shu sabab keyinchalik MYU safiga kelib qo‘shildi. Ammo, hamon Pogba “qizil iblislar”ning almashtirib bo‘lmas futbolchisi deb aytib bo‘lmaydi.
2012. Isko
Isko – o‘ziga xos futbolchi. 2012 yilda uning kelajagi buyuk deb taxmin qilishgandi.Ha, u “Real” safida ko‘plab kuboklarni qo‘lga kiritgan. Biroq, ushbu yutuqlarning hech birida Isko o‘zining liderligi bilan ajralib turmagan. U mazkur mukofotni “Malaga” safida o‘ynab yurgan paytda qo‘lga kiritgan.
2011. Mario Gyotse
Gyotse Dortmundning “Borussiya” jamoasi safida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan.SHu sabab 2011 yila “tilla bola” sovriniga ega chiqdi. O‘sha yilda xalqaro maydonda Gyotsega teng keladigan yosh futbolchi yo‘q edi. Ammo 2013 yilda “Bavariya”ga o‘tishi bilan Mario ko‘p narsalarni yo‘qotdi va uning o‘yinida katta pasayish kuzatildi. Shundan keyin, u yana Dortmundga qaytdi, lekin biz oldingi Gyotseni ko‘rmadik. Ayni paytda nemis futbolchisi PSVda to‘p tepmoqda. Shuningdek, 2014 yilgi jahon chempionati finalidagi Mario Gytsening golini unutmaslik kerak.
To‘liq ro‘yxat:
2010. Mario Balotelli
2009. Alesandro Pato
2008. Anderson Oliveyra
2007. Serxio Aguero
2006. Sesk Fabregas
2005. Lionel Messi
2004. Ueyn Runi
2003. Rafael van der Vaart