Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Vinisius «Real» afsonasining ketishiga munosabat bildirdi

Vinisius «Real» afsonasining ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» vingeri Vinisius Junior klubni tark etayotgan Daniel Karvaxalga murojaat yo‘lladi. Bugun madridliklar 34 yoshli himoyachi mavsum yakunida jamoadan ketishini e’lon qilishdi.

«Tarixdagi eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi va haqiqiy afsona. Bizga g‘alaba sari yo‘lni ko‘rsatgan va madridchi (madridista) bo‘lish nima ekanligini his qilishimizga yordam bergan sardor.

Ko‘p yillar davomida biz bitta kiyinish xonasini, maydondagi kurashlarni, sovrinlarni va men hech qachon unutmaydigan lahzalarni baham ko‘rdik. Biz birgalikda Chempionlar Ligasi, La Liga, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdik va o‘zimiz juda yaxshi ko‘radigan ushbu libosda tarixiy uchrashuvlarni o‘tkazdik.

Hammasi uchun rahmat senga. Sendan o‘rganish va shuncha lahzalarni birga baham ko‘rish men uchun sharaf bo‘ldi, akam. Sening isming «Real» tarixiga bir umrga muhrlanib bo‘lgan», – deb yozdi Vinisius.

Kiritildi: 22:54, 18.05.2026.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик