Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik «Lion» bilan xayrlashdi

Endrik «Lion» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Endrik Madridning «Real» klubiga qaytish oldidan «Lion» safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Braziliyalik futbolchi Liga 1 ning so‘nggi turidan o‘rin olgan «Lans»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq «to‘quvchilar»ni o‘z maydonlaridagi yirik hisobli (0:4) mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiraga olinayotgan 19 yoshli futbolchi mahalliy muxlislar bilan xayrlashdi. Uning ijara muddati o‘z nihoyasiga yetmoqda. Endrik «Lion» safiga shu yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Umumiy hisobda hujumchi Fransiya jamoasi uchun 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O‘yinchi yangi mavsumni «Real»da boshlaydi, uning Madrid klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

Kiritildi: 17:33, 18.05.2026.
O'qildi: 3091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик