Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

“Olimpik” yigitlari Parij-2024 yo‘llanmasi yo‘lida toblanishmoqda

“Olimpik” yigitlari Parij-2024 yo‘llanmasi yo‘lida toblanishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun MOQ qoshida “Olimpik” futbol klubi tuzilgan. Bugun MOQ va O‘FA rahbariyati, klub mutasaddilari jamoaning tayyorgarlik strategiyasini muhokama qilishdi.

Yig‘ilishda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, “Olimpik” klubi direktori Alisher Po‘latov, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

“Olimpik” Pro-liga mavsumini ko‘ngildagidek yakunladi. Hozir jamoa 2 dekabr kuni Superliga yo‘llanmasi uchun kechadigan o‘tish o‘yiniga hozirlik ko‘rmoqda. Qayd etish joiz, ushbu klubda yoshlar terma jamoamizning vakillari yig‘ilgan bo‘lib, xalqaro musobaqalarda yigitlar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinchilari sifatida jam bo‘lishadi.

Yig‘ilish avvalida Ravshan Ermatov mavsum yakunlari va oldindagi rejalar haqida batafsil gapirib berdi. Shundan so‘ng Timur Kapadze ortda qolgan o‘yinlar bo‘yicha fikr bildirdi.

So‘nggi o‘tkazgan musobaqamizda Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bangladesh yoshlari bilan o‘ynadik. Ularning ko‘pchiligi bizdan 1-2 yosh katta bo‘lsa ham, jismoniy va taktik jihatdan ulardan kam emas edik. Jamoa tuzilishiga, bizga o‘zimizni ko‘rsatish uchun imkon bergan hukumatimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hozirgi maqsadimiz o‘tish bellashuvida g‘alaba qozonib, Superligaga yo‘llanma olish. Biz qancha kuchli jamoalar bilan o‘ynasak, shuncha o‘sa olamiz”, – dedi jamoa bosh murabbiyi.

Yakunda MOQ raisi rejalar bo‘yicha o‘z xulosasini aytib o‘tdi:

Tailandda o‘tgan Tokio-2020 lisenzion musobaqasi biz uchun katta saboq bo‘ldi. Yigitlar, hozir Siz temir intizom bilan murabbiylaringiz berayotgan ko‘rsatmalarga amal qilsangiz, albatta oldimizga qo‘ygan maqsadimizga yetishamiz. Buning uchun davlatimiz rahbari barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Sizlardan faqat olg‘a intilishingizni so‘rab qolamiz”.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 19:23, 24.11.2021.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.