Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Ro‘ziqul Berdiyev: “Futbolchilar bugun qahramonlik ko‘rsatishdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Futbolchilar bugun qahramonlik ko‘rsatishdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi ½ Final AGMK - “Nasaf” (0:2) uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.

Finalga chiqqanimizdan juda ham xursandman. Bugungi bellashuvda futbolchilarimiz haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. O‘yinda ham biz mezbonlarga qaraganda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va shuning hisobiga g‘alaba qozondik. O‘yin juda og‘ir bo‘ldi. Biz o‘tgan yili ham kubok bellashuvining aynan shu bosqichida Olmaliqda o‘ynab, mag‘lubiyatga uchragan edik. Bugungi bahsda biz xaqli g‘alabaga erishdik. O‘yin kutilmagan holatlarga boy bo‘ldi. Penaltidan foydalana olmadik, bir kishi kam bo‘lib harakat qildik. 70-80 daqiqa AGMK maydonida bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozonish bu qahramonlik deb bilaman” – deb o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Ro‘ziqul Berdiyev.

- To‘g‘ri bugun jamoa g‘alaba qozondi. Hakamlar ishini qanday baholaysiz. Shu vaziyatlar aksincha ham bo‘lishi mumkin edi?

- Bilmadim. Hakamlar xato qilishdan qo‘rqishganida vaziyatlarni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilishmas edi. Bu yerda faqat bosh hakamning emas, ko‘pchilikning qarori bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan vaziyatlarni yaxshilab o‘rganib, keyin qaror chiqarishdi deb o‘ylayman. Hakamlar ishiga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Ular bugun o‘yinni yaxshi boshqarishdi. Bu gaplarni g‘alaba qozonganimiz uchun aytmayabman. Ular har bir vaziyatni chuqur o‘rganib chiqishdi.

- Bugungi o‘yinda hakamlik ishiga qanday qaraysiz? VAR da ham sobiq o‘tmishda “Nasaf” bilan yutuqlarga erishgan Ahrol Risqullayev ishladi.

- VAR da bugun kim o‘tirib ishlaganinga e’tibor berganimiz yo‘q. Kelinglar bellashuv haqida gaplashaylik. O‘yin haqida savollar bo‘lsa beringlar.

- “Nasaf” bir kishi kam bo‘lib qolgandan so‘ng jamoa o‘yini o‘zgardi. Futbolchilar o‘yinni cho‘zishga harakat qilishdi.

- Bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondi demoqchimsiz? Rahmat, biz g‘alabaga erishdik va bu natija bilan barchani tabriklayman.

Manba: Nasaf klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 19:36, 24.11.2021.
O'qildi: 2831 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик