Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘FA mutaxassislari Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘FA mutaxassislari Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov boshchiligidagi mutaxassislar futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab Nukus shahri mezbonlik qilayotgan “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqasi o‘tkazilayotgan maydonlar, futbol akademiyaning moddiy texnika bazasi hamda 2022 yilda amalga oshirishi lozim bo‘lgan qurilish-rekonstruksiya ishlarining loyihasi bilan yaqindan tanishib chiqildi. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, yotoqxona va oshxonalarni zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Yevropa darajasiga mos sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shundan keyin, Xo‘jayli tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida ayollar futboli bo‘yicha faoliyat yuritayotgan murabbiy va futbolchilar bilan uchrashib, 2021 yili qizlar o‘rtasidagi U14 O‘zbekiston chempionatida sovrindor bo‘lgan Xo‘jayli tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabining jamoasiga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ajratilgan futbol to‘plari topshirildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlarida namunali tarzda faoliyat yuritayotgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarining futbol jamoalariga ham to‘plar tarqatildi.

Mutaxassislar bilan uchrashuvda kelajakda Qoraqalpog‘istondan ko‘plab iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishi uchun respublikadagi bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda futbol akademiyasining faoliyatini tizimli va xalqaro standartlar asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Sport maktablarida tarbiyalanayotgan bolalar nafaqat jismonan, balki ma’nan ham yetuk bo‘lishi, ularning ta’lim olishi va kitob o‘qishi zarur ekanligi aytildi.

Kunning ikkinchi yarmida hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining direktorlari ishtirokida 2021-yil yakunlari hamda 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalarga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, futbol akademiyalarining joriy yildagi amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilish hamda kelasi yilgi ish rejalarni mukammallashtirishdan iborat. Seminarda barcha futbol akademiyalarining rahbarlari kelajakdagi istiqbolli rejalarini tanishtirdi. O‘FA rahbariyati tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, O‘FA bosh kotibi va mutaxassislari Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Zarikeey Rasul Po‘latovich bilan uchrashib, Qoraqalpog‘iston futbolini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni kelishib olishdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:51, 25.11.2021.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.