Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Argentinalik afsonalar yoxud o‘ninchi raqam shaydolari

Argentinalik afsonalar yoxud o‘ninchi raqam shaydolari

Baho:
+ | -

Futbol – go‘zal o‘yin. To‘p tepib ko‘rgan odam borki, futbolning nechog‘lik jozibador ekanligini o‘z tanasida hech bo‘lmasa bir marotaba his etib ko‘rgan. Insoniyat o‘zining ovunchi uchun ko‘plab sport turlarini yaratdi. Ularning ichida eng buyugi esa futbol edi. Dunyoda futboldan boshqa sport turiga muxlislik qiluvchilar ham ko‘p. Biroq futbol ommasi bugunga kelib, millionlar emas balki millardlarga yetdi. Futbolni millardlab insonlar qalbidan chuqur joy olishi sabab esa, biz bilgan mashhurlardir. Ularning aksariyat ko‘pchiligi, o‘ninchi raqam ostida harakat qilgan. Ana shunday o‘ninchi raqamli daholarning bir nechtasi Argentina tomonlarda kamol topgan. Hozir sizlarni tarixdagi eng yaxshi o‘ninchi raqam egalarining argentinaliklar qismi bilan tanishtirmoqchimiz. Demak, boshladik!

Diyego Maradona

Ha, bu ro‘yxatni uning nomi bilan boshlamaslik mumkin emas. Buyuk Diyego Armando Maradona o‘ninchi raqamlilarning tipik timsoliy vakili hisoblanadi. Uning ko‘zga yaqinligi, maydondagi kutilmagan harakatlari va boy o‘yini bilan o‘lachanadi. Yigirmanchi asr bir nechta yorqin yulduzlar qatori uning ham davri edi. Biz futbol deganda Maradona nomini ham esdan chiqarmaymiz. Chunki bunga yo‘l yo‘q! Futbolchi xotirasiga atab, uning nomini «Napoli» klubi stadioniga berilishi, buni yaxshiroq ta’minlab berdi. Qachonki Argentina termasi, «Barselona», «Napoli» hamda «Boka Xuniors» liboslaridagi o‘ninchi raqamga ko‘zimiz tushganida, Maradona xotirasi abadiy barhayotligini anglab yetgandek bo‘lamiz.

Ariyel Ortega

U to‘p bilan harakatlanish ustasi bo‘lgan. Ortega darvozabonlarni ermakka aldab o‘tar va ajoyib harakatlar bilan gollarini kiritar edi. Futbolchining ajoyib faoliyatini biz hozirda «River Pleyt», «Valensiya», «Sampdoriya», «Parma» hamda «Fenerbaxche» kabi jamoalardagi o‘yinlari bilan yodga olamiz. Barcha iste’dodlarda bo‘lganidek, Ortega ham vaqtida o‘z o‘yinini izchil va barqaror qilish uchun ko‘p kurashgan. Chunki doimiy jarohatlar uni qiynar edi. Shunga qaramay, uning o‘yinlarini tomosha qilish hozirgi zamon muxlisiga ham bir olam zavq bag‘ishlaydi.

Pablo Aymar

Kichkina bo‘lishiga qaramasdan, maydondagi topqirligi va uni ko‘ra bilishi bilan tanilgan kreativ futbolchilardan biri Aymardir. U 1990 yillar hamda 2000 yillarning boshida o‘z faoliyatining ajoyib davrlarini boshidan o‘tkazadi. Aymar haqiqatdan ham yuqori darajadagi futbolchi edi. Garchand jarohatlar uning doimiy hamrohi bo‘lib kelgan ersada, u doimo o‘z jamoasi uchun haqiqiy muvozanat manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Hatto, Leo Messi Pabloga bolaligidan muxlis sanaladi. Diyego Maradona esa, Aymarning o‘yiniga «ko‘rishga arzigulik sanoqlilardan» deb baho bergan. Shuning o‘zi ham, futbolchining nechog‘lik yuqori pog‘onada bo‘lganini ko‘rsatadi.

Xuan Roman Rikelme

«Daho» atamasini barcha futbolchilarga nisbatan ham ishlata olmaymiz. Ammo Xuan Roman Rikelme bu nomga munosib bo‘lgan. «Boka Xuniors», «Barselona» hamda «Valensiya» klublarining sobiq pleymeykeri doimo muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. Chunki Rikelmening harakatlari maydonda muhim ahamiyat kasb etar edi. U doimo o‘z uslubida futbol o‘ynagan. Shu sababdan uning o‘yinini ko‘rish, muxlislarga zavq ulashardi. Garchi uning Yevropadagi faoliyati yorqin sahifalarga boy bo‘lmasada, «Boka Xuniors» bilan ajoyib tarix yoza olgan. Rikelme bu jamoada uch marta Libertadorlar kubogi sohibiga aylanadi.

Lionel Messi

U futbol ichida. U futbol havosidan hali-hamon nafas olmoqda...
Ha, Messi 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘z Vatani hamda klubi uchun haqiqiy ramzga aylanib ulgurgan. U «Barselona»da 2008-09 yilgi mavsumdan boshlab to o‘tgan mavsumga qadar yuqori sur’atda harakat qila oldi. Uning gollari, golli uzatmalari, ajoyib jarima zarbalari va o‘zi, umuman gol yaratish qobiliyati insonni hayron qoldiradi. Ba’zan muxlislar uning Yerlik ekaniga ishonmay ham qolishadi. Bu bekorga emas. Chunki u «o‘zga sayyoralik»da! Leo shu yerda va tarix yaratishda davom etmoqda...

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:13, 25.11.2021.
O'qildi: 2455 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.