Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Narimon Jalolov xotira turniri. “Bunyodkor” faxriylari chempion!

Narimon Jalolov xotira turniri. “Bunyodkor” faxriylari chempion!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, hayotining so‘nggi kunlarigacha O‘FAda fidoyilik bilan faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Narimon Jalolov xotirasiga bag‘ishlangan faxriylar o‘rtasida turnir tashkil etildi.

Unda 60 yoshga to‘lgan, turli davrlarda o‘zbek futboli rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘tmishning taniqli a’zolari: futbolchilar, hakamlar va murabbiylar ishtirok etishdi. Musobaqada “Bunyodkor", "Jizzax", "Surxondaryo", "Algoritm" jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Jamoalar safidagi bir qancha taniqli nomlarni keltirib o‘tamiz: “Bunyodkor” tarkibida o‘tmishda rahbarlik lavozimlarida ishlagan Rahmiddin Zikriyoyev va futbolchilar Aleksandr Shapran, Elbek Musayev, “Jizzax” safida sobiq hakam Komil Qilichev, Sardor Rashidov hamda Jasur Hasanov kabi futbolchilarning ustozi Usmon Muhamedshin to‘p tepdi. Shuningdek, “Surxondaryo”da Eldor Shomurodovning otasi Azamat Shomurodov, viloyat futbolining taniqli faxriylari Alisher Qurbonov, Viktor Oleshnikov, Sergey Zaxarenko, “Algoritm” tarkibida Komiljon Yo‘lchiboyev, sobiq murabbiy Yuriy Gospadarchuk, taniqli sobiq futbolchi Anvar Boymatov maydonga chiqdi.

Yarim finalda “Jizzax”dan ustun kelgan faxriylarimiz finalda “Algoritm”ni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqdi. Ahamiyatlisi, faxriylarimiz ikki o‘yinda raqib darvozasiga jami 10ta gol urdi.

Narimon Jalolov xotira turniri
Yarim final
“Bunyodkor” - “Jizzax” – 5:0
"Surxondaryo" - "Algoritm" – 1:4

FINAL
“Bunyodkor" - "Algoritm" – 5:3

Musobaqa yakunlangach taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Baxtiyor Ibragimov, Renat Yenchaliyev, Viktor Oleshnikov, Qahramon Abdumo‘minov o‘z jamoalari safida eng yaxshi futbolchi deb tan olindi va maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:11, 26.11.2021.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.