Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

JCH-2022. Bugun Yevropadagi saralash pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi

JCH-2022. Bugun Yevropadagi saralash pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Yevropa qit’asida JCH-2022 saralashi doirasida guruh bosqichi bahslari yakuni bo‘yicha 10ta guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Yana 3ta yo‘llanma egasi esa pley-off bosqichi o‘yinlari orqali aniqlanadi. Pley-offda esa 12ta jamoa ishtirok etadi. Ushbu bosqichga qur’a tashlash marosimi bugun — 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qaysi jamoalar ishtirok etadi?
Saralashning 10ta guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, UYEFA millatlar ligasi-2020/2021da o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni olgan, ammo JCH-2022 saralash guruhida dastlabki 2ta o‘rindan birini egallamagan va reytingda yuqori o‘rinni egallagan 2ta terma jamoaga pley-offda ishtirok etish imkoniyati berildi. Bu 2ta o‘rinni Avstriya va Chexiya terma jamoalari egallashdi.

Mazkur 12ta jamoa guruh bosqichida ko‘rsatgan natijasi (ochko, to‘plar farqi, urgan gollari soni va hokazo) asosida 2ta savatchaga ajratildi.

1-savatcha
Portugaliya
Shotlandiya
Italiya
Rossiya
Shvesiya
Uels

2-savatcha
Turkiya
Polsha
Shimoliy Makedoniya
Ukraina
Avstriya (UYEFA millatlar ligasi orqali)
Chexiya (UYEFA millatlar ligasi orqali)

Qur’a tartibi
Dastlab yuqori savatcha vakillari tortiladi. So‘ngra ikkinchi savatcha jamoalari qur’ada tortilib, birin-ketin birinchi savatcha termalariga raqib bo‘lishadi. Shu tariqa, 6ta juftlik aniqlanadi. O‘yin 1-savatcha vakili maydonida o‘tkaziladi. G‘olib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Birinchi bosqichdagi dastlabki 2ta juftlik g‘oliblari JCH-2022 yo‘llanmasi uchun to‘qnash kelishadi ("A" yo‘l). Shu tarzda 3 va 4-juftlik ("B" yo‘l), 5 va 6-juftlik ("C" yo‘l) g‘oliblari ikkinchi bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishadi va Mundial yo‘llanmasi uchun kurashishadi.

Ikkinchi bosqichda har bir "yo‘l" mezbonini aniqlash uchun alohida qur’a tashlanadi.

Cheklov: Ukraina va Rossiya terma jamoalari pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Taqvim

Yarim final o‘yinlar: 2022 yil 24 mart
Final o‘yinlari: 2022 yil 29 mart.

JCH-2022 qachon o‘tkaziladi?
Jahon chempionatining final bosqichi 2022 yilning 21 noyabr - 18 dekabr kunlari Qatarda o‘tkaziladi. Unga qur’a tashlash marosimi 2022 yilning aprel oyida o‘tkaziladi.

Manba: stadion.uz

Қуръа ташлаш маросими Тошкент вақти билан соат 21:00да бошланади.

Kiritildi: 14:30, 26.11.2021.
O'qildi: 5652 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.