Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Ayni vaqtdagi top murabbiylar ro‘yxati. Undan kimlar joy olgan?!

Ayni vaqtdagi top murabbiylar ro‘yxati. Undan kimlar joy olgan?!

Baho:
+ | -

Hozir Yevrofutbol kun sayin yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Taktik sxemalar, mashg‘ulot jarayonlari, o‘yin uslublari va hokazo narsalar yangicha ko‘rinish kasb etmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi raqobat kuchaygandan kuchaymoqda. Ya’ni mutaxassislar gapi bilan aytganda, hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olmoqda. Bu orada murabbiylar ham tinch o‘tirishgani yo‘q. Ular ham tinmay izlanishmoqda, g‘alaba tomon harakatlanishmoqda va shu orqali yangi g‘oyalar yaratilmoqda. Hozit Stadion.uz millionlar o‘yinining juda muhim qismi sanaladigan murabbiylar haqida to‘xtalib o‘tishga qaror qildi. Demak, eng kuchli murabbiylar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

5. Tomas Tuxel

“Chelsi“ bosh murabbiyi o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan so‘ng katta shov-shuvlarga sababchi bo‘ldi. Qisqa muddat ichida yangi jamoa bilan Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi. Vaholanki, “Aristokratlar“ tarkibida jamoaga yangi qo‘shilganlar ko‘p edi. To‘g‘ri, jamoa Lempard ostida ham yomon o‘yin ko‘rsatmasdi. Shunchaki, natijalar kutilganidek bo‘lmaganidan keyin rahbariyat Frenkka chiqish eshiklarini ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Tuxel kelgach, klub o‘yini yanada jozibali va kuchliroq ko‘rina boshladi. Maydonda futbolchilar tartib bilan harakatlanishar, hamma o‘z ishini ortig‘i bilan ado etardi. O‘tgan mavsum yakunlanganda, ko‘pchilik yangi mavsumda “Chelsi“dan katta natijalar kutmadi. Shunchaki tasodifiy natijalar deya hisoblashdi. Ammo haqiqiy mutaxassislar bilishgandiki, bu klub nemis murabbiyi bilan barcha turnirlarda g‘olib bo‘lish qudratiga ega. Hozir APL jadvaliga qarasak, Roman Abramovich jamoasi birinchi o‘rinda turibdi. YECHLda ham klub atigi 1ta gol o‘tkazib yuborgan holda, pley-off masalasini muddatidan avval hal etdi. Xullas, bu ko‘rsatkichlarning barida janob Tuxelning xizmatlari beqiyos. Shubhasiz, u ayni paytda sayyoramizdagi eng kuchli bosh murabbiylar safidan joy olishga qodir.

4. Xans-Diter Flik

Ayni paytda Germaniya terma jamoasi murabbiyi bo‘lib turgan Flik “Bavariya“ bilan nimalar qilib tashlaganini futbol muxlislari unutishmagan bo‘lsa kerak. “Oltin trebl“, jamoaviy rekordlar, uning ketidan shaxsiy rekordlar qo‘lga kiritildi va hatto uning shogirdlari ham individual sovrinlarni qalashtirib tashladi. Qisqa muddat ichida Xans yutishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Myunxenliklar nafaqat ko‘rsatkichlar bilan, balki jamoaviy o‘yini bilan ham tengsiz ekanini isbotlay oldi. Kuchli pressing, o‘ta hujumkor futbol orqali “nemis mashinasi“ yuqori cho‘qqilarni zabt etdi. Bunda Flikning xizmatlari beqiyos.

Shuningdek, uning terma jamoa bilan qayd etayotgan natijalariga har bir murabbiy havas qilsa arziydi. 7 o‘yinda 100 foizlik natija. To‘plar nisbati – 31:2. Agar nemislar 56 yoshli kouch bilan shu ketishda davom etadigan bo‘lsa, Qatardagi mundialda Germaniyaning chempion bo‘lishi ajablanarli hol bo‘lmasa kerak.

3. Zinedin Zidan

Hozirda ishsiz bo‘lib turgan “ZiZu“ ro‘yxatimizning qoq o‘rtasidan joy oldi. Futbolchilik faoliyati davomida ko‘plab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan fransuz murabbiylikda ham tahsinga sazovor ishlar qila oldi. Uning “Real Madrid“ bilan ketma-ket 3 marta CHLni qo‘lga kiritganidek natija yaqin 50 yil ichida qayta takrorlanmasa kerak. Nazdimizda, aynan Zidan tufayli futbolda “etalon futbol“ atamasi paydo bo‘lgandek. “Qirollik klubi“ u bilan deyarli mukammal o‘yin ko‘rsatardi. Gol urish deysizmi, quruq o‘yin o‘tkazish deysizmi, hammasida “qaymoqranglilar“ Top-5 chempionatda yuqori o‘rinlarni band etib turishardi. Qayd etish joiz, Zinedinning yulduzlar bilan ajoyib tarzda “til topishib“ keta olishi mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etiladi. Ronaldu, Ramos, Beyl singari o‘z “men“iga ega futbolchilarni bitta jamoada “bir yoqadan bosh chiqarib“ harakatlanishini ayrim murabbiylar faqat orzu qilsa kerak.

2. Xosep Gvardiola

Tiki-taka ustasi, to‘p nazoratini o‘ta xush ko‘ruvchi va perfeksionist Gvardiola janoblarining yetuk murabbiylar qatorida bo‘lmasligi har qanaqasiga adolatsizlik bo‘lardi. U orqali futbolda muxlislar uslublarning farqli tomonlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi (muallif shaxsiy fikri). Pep chiroyli futbolni bilmasdi. Uning uchun jozibali futbol – o‘zi yaratgan, targ‘ib qilgan futbol. Balki ispanning uslubi jozibali ko‘rinmas, biroq shu o‘yini orqali u butun dunyoda nom qozona oldi. Ayniqsa, uning qo‘l ostidagi “Barselona“ klubi qudratli jamoaga aylangandi. O‘sha paytda xuddi Flik “Bavariya“si singari katalon jamoasi ham barcha sovrinlarga ega chiqishga muvaffaq bo‘lgandi. Hozir har bir “Barsa“ muxlisi o‘sha damlarni ko‘zda yosh bilan eslasa ajab emas.

Ayni paytda, Pep “tumanli albion“da dunyo futbolini zabt etish bilan ovora. Bir necha bor Angliya futboli tor-mor keltirildi. Endi uning oldida YECHL musobaqasi turibdi. “Manchester Siti“ hali umuman bu sovrinni qo‘lga kiritmagan. Gvardiola ham anchadan beri “shalpangquloq“ni boshi uzra baland ko‘targani yo‘q. Balki bu mavsum ularning orzulari amalga oshar!? Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

1. Yurgen Klopp

Shijoatli va serg‘ayrat Kloppning mashaqqatli mehnatini e’tirof etmasa bo‘lmaydi. Dastlab Dortmundni, endi esa Liverpulni “yondirayotgan“ ushbu mutaxassis murabbiylikda og‘ir yo‘lni bosib o‘tganini ko‘pchilik yaxshi biladi. U bu darajaga yetgunga qadar bir necha marta yutqazdi, finallarda yengildi. Klopp jamoalari har safar so‘nggi soniyalargacha kurashib, yakunda baribir mag‘lub bo‘lardi. Biroq hozir vaziyat o‘zgargan. Endi uning jamoasi ham g‘olib bo‘lish ta’mini totib ko‘rdi. Endi Yurgen ham chempionlik qanaqa bo‘lishini yanada yaxshi his eta boshladi. “Liverpul“da birinchi bo‘lib Yevropani zabt etdi, narigi mavsumda esa APLda ham eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yurgen Kloppni zamonamizning eng kuchli murabbiyi desak, biz tomonga tanqidlar uchrashi tabiiy. Ammo sayyoramizning 2 eng zo‘r murabbiyidan biri deya bemalol ayta olamiz. Zero, uning murabbiylikdagi faoliyati bunday yuqori darajaga har tomonlama munosib bo‘la oladi.

Jahon futbolida murabbiylarning o‘rni yuqori ekanligi hammaga ma’lum. Jamoa muvaffaqiyatida ularning xizmatlari yaqqol sezilib turadi. Chunki ular xuddi poygadagi mashina haydovchisi kabi vazifada bo‘ladilar. Mashinaning hammadan tez yurishi uchun nima kerak ersa, haydovchi shuni bilishi lozim. Mashinaga qaysi shina qulay, qanday motor foydaliroq va qanday jihozlar uni eng yuqori tezlikka chiqarib bera oladi singari savollarga rul egasi javob topishi kerak. Ya’ni ularning ishi o‘ta ma’suliyatli, shu bilan birga juda murakkab. Xuddi murabbiylardek.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 26.11.2021.
O'qildi: 6881 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.