Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

“Barselona“ Ferran Torresni sotib olishga yaqin turibdi

“Barselona“ Ferran Torresni sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

“Barselona“ “Manchester Siti“ klubi hujumchisi Ferran Torresning transferi ustida ishlamoqda.

Kataloniyalik insayder Jerar Romeroning xabar berishicha, Kataloniya klubi sport direktori Mateu Alemani hozir Manchesterda va “Siti“ bilan Torresning ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi “Barselona“ga o‘tishni intiqlik bilan kutmoqda. Klublar transfer formulasini muhokama qilishmoqda. Katta ehtimol bilan, bu sotib olish opsiyasi bilan ijara bo‘ladi.

Ferran shaharliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga “Barsa“ga o‘tishni istayotganini aytdi. Unga boshqa klublardan takliflar bor, lekin u faqat Kataloniya klubiga o‘tishni xohlaydi.

Shuningdek, ko‘k-anorranglilar ustozi Xavi ispaniyalikning transferiga allaqachon rozilik bergani qayd etilgan.

Kiritildi: 06:43, 27.11.2021.
O'qildi: 3411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик