Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ulug‘bek Baqoyev: «Bu yili «So‘g‘diyona» va AGMK medallarga «Nasaf»dan ko‘proq haqli edi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Bu yili «So‘g‘diyona» va AGMK medallarga «Nasaf»dan ko‘proq haqli edi»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan AGMK - «So‘g‘diyona» 0:1 uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugungi bahs juda katta qiziqish uyg‘otishi aniq edi. Chunki medallar yo‘lida biz, AGMK, «Nasaf» jamoalari qattiq kurashdi. O‘yin ancha yaxshi bo‘ldi, jonli o‘yin ko‘rdik. Mezbonlarda bir nechta yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, bizda ham bo‘ldi. Biroq raqibniki ancha ko‘proq bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda jamoamiz penalti tepishga erishdi va g‘alabani qo‘lga kiritdik. Biz eng minimum natijaga umid qilgan edik, baxtimizga eng mukammaliga ega bo‘ldik. Bu yili «So‘g‘diyona» va AGMK medallarga «Nasaf»dan ko‘proq haqli edi. Mavsum davomida biz va AGMK jamoasi ikkinchi va uchinchi o‘rin uchun kurashni davom ettirdi. Ularni uchinchi o‘rini olishgani bilan tabriklayman. Ajoyib natija uchun jamoamiz futbolchilarga va jamoa rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. Barcha jizzaxlik muxlislarni ajoyib natija bilan tabriklayman.

— Mavsum o‘rtalarida jamoangiz o‘yini haqida bir nechta maqolalar chiqdi. Siz esa ularga mavsum yakunida ko‘ramiz dedingiz...
— To‘g‘risini aytganda, bu jurnalist kim ekanligini bilmayman. U qayerdan bunday statistikani olganini bilmayman. Futbolda ko‘plab natijalarni hisobga olish kerak, biroq u biz haqiqatdan ham eng yomon bo‘lgan vaziyatlardagi statistikani olgandi. Jamoa uchun faqat natija kerak. Jamoa bu uchun qanday o‘ynaydi. Istasa himoyadan o‘yin olib boradi yokida hujum qilib. Siz esa bor futbolchilaridan foydalangan holda o‘yin taktikasini ishlab chiqasiz. Futbolchilar hujumda ham ancha yaxshi harakat qilishadi, biroq ular himoyaviy futbol orqali yanada yaxshiroq o‘yin olib borishgani uchun ham biz shunday harakat qildik. Bunday jamoalar juda ko‘p. Uning fikrlari xato edi va gaplarini qaytarib olgani ma’qul.

— O‘sha jurnalist (Faxriddin Ro‘ziyev)ga taqdirlash marosimida kumush medalingizni taqib qo‘ysangiz qanday bo‘ladi?
— Bu murabbiylik faoliyatimdagi ilk medalim. Menimcha, bu men uchun eng muhim va unutilmas medal bo‘ladi. Shu sababli ham barcha futbolchilarimga shunday ajoyib lahzalarni taqdim etganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

— Agar «Paxtakor» kubok bahslarida ham g‘alaba qozonsa, «So‘g‘diyona» OCHL saralash bahslarida «Al-G‘arafa»ga qarshi maydonga tushadi. Shu sababli ham jamoaning seleksiya ishlari qanday bo‘ladi?
— Biz hali bu haqida o‘ylab ko‘rmadik. Hali yakunlanmagan ishlar bor va buni omma oldida gapirmagan ma’qul. Hozircha bu haqida gapirmayman. Barchani bugungi natija bilan tabriklab qolaman.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 18:37, 27.11.2021.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 66 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.