Kirish Ro'yxatdan o'tish

Libertadores kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi

Libertadores kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

27 noyabr, shanba oqshomida futbol bo‘yicha Libertadores kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Palmeyras" "Flamengo"ni mag‘lub etdi (2:1 q.v.). Asosiy vaqt durang bilan yakunlandi - 1:1.

"Palmeyras" o‘z tarixidagi uchinchi marta turnirda g‘alaba qozondi. Avvalroq, jamoa 1999 yil va 2020 yilda g‘alaba qozongan. Jamoa shuningdek, uchta finalda mag‘lub bo‘lgan. "Flamengo" o‘z tarixida birinchi marta Libertadores kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi. Bungacha jamoa ikki marta finalga chiqqan va har ikki martada (1981 va 2019 yil) ham g‘alaba qozongan edi.

"Palmeyras" 2:1 "Flamengo"

Gollar: 1:0 – 5 Rafayel Veyga, 1:1 – 72 Gabriyel Barboza, 2:1 – 95 Deyverson.

"Palmeyras" – UYEverton, Mayke (Gabriyel Menino, 105), Gomes, Luan, Pikeres (Melo, 113), Ze Rafayel (Danilo, 82), Skarpa, Rafayel Veyga (Deyverson, 90), Danilo (Patrik de Paula, 70), Dudu (Vesli, 77), Roni.

"Flamengo" – Diyego Alves, Isla (Mateuzino, 79), David Luiz, Rodrigo Kayo, Filipe Luis (Rene, 32), Everton Ribeyro (Maykl Richard, 63), Arao, de Arraskayeta (Vitino, 111), Pereyra (Pedro, 111), Gabriyel Barboza, Bruno Enrike (Kenedi, 90).

Kiritildi: 10:28, 28.11.2021.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик